68
va tatbiq etilgan axborot tizimi xavfsizligini ta‘minlaydi. Masalan,
kompaniya shartnomalari bazasi - bu axborot bo‗lib, shartnomalar
ishlanayotgan tizim axborot tizimi hisoblanadi. Bunda xavfsizlik axborot
va tizim xavfsizligi ta‘minlangandagina amalga oshiriladi.
Axborot tizimi xavfsizligi – bu axborot tizimining himoyalanganlik
holati bo‗lib, unda axborot resurslarining maxfiyligi, ochiqligi, butunligi
va aslligi ta‘minlanadi. Masalan, kompaniya ma‘muriy va moliyaviy tizimi
yoki kompaniya hamkorlari hamda xaridorlari axborot tizimining
xavfsizligi. Axborot xavfsizligi – bu axborotning va uni qo‗llab-
quvvatlovchi tizimning axborot munosabatlari sub‘ektlariga nojo‗ya zarar
ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan tasodifiy yoki ataylab, tabiiy va sun‘iy ta‘sir
hamda harakatlaridan himoyalanganligidir. Masalan, kompaniya mijozlari
tomonidan axborot tizimiga zarar yetkazilishi mumkin, ya‘ni kompaniyaga
zarar
yetkazish
maqsadida
axborotlar
o‗chirilishi
yoki
sug‗urtalanuvchilarga
ziyon
yetkazish
maqsadida
ma‘lumotlar
o‗g‗irlanishi mumkin.