63
• O‗zbekistonda sug‗urta bozorida internet
savdoning past darajadagi
bazasi;
• sug‗urta xizmatlarini xususiylashtirish,
ularga taklif qilish va
zararlarni qoplashga qaratilgan sug‗urta qildiruvchilar tomonidan Big Data
texnologiyalaridan faolroq foydalanish.
Sug‗urta faoliyatida internet sug‗urtani rivojlantirishga to‗sqinlik
qiluvchi omillar esa quyidagilardir:
• sug‗urta firibgarligining yuqori darajasi;
• onlayn sug‗urta operatsiyalarining kiber jinoyatchilikka ta‘sir qilishi;
• O‗zbekiston hududini yuqori sifatli internet bilan to‗liq qamrab
olishdagi muammolar;
• sug‗urtalovchilarning zararlilik koeffitsientining
yuqori darajasi
tufayli internet sug‗urtasining drayveri rolini o‗ynashi mumkin bo‗lgan
ommaviy
sug‗urta turlariga (birinchi navbatda, avtosug‗urtaga)
qiziqishning pastligi;
• aholining sug‗urta madaniyati va sug‗urta kompaniyalariga bo‗lgan
ishonchning pastligi.
Xulosa
qilib
aytganda,
O‗zbekistonda sug‗urta
bozorining
rivojlanishi tobora raqamli iqtisodiyotning sug‗urta texnologiyasiga ta‘sir
ko‗rsatadigan, ammo uning iqtisodiy mohiyatini o‗zgartirmaydigan yangi
texnologiyalarni joriy etishga bog‗liq bo‗lib bormoqda.
Raqamli
texnologiyalarni sug‗urta faoliyatida qo‗llash natijasida:
• sug‗urta faoliyati samaradorligi va rentabelligi oshadi;
• o‗zaro va tijorat sug‗urtasining yaqinlashuvi (P2P sug‗urtasi) amalga
oshadi;
• sug‗urta munosabatlarining ijtimoiylashuviga erishiladi;
• yangi sug‗urta xizmatlari va mahsulotlari paydo bo‗ladi;
• sug‗urta sohasidagi mehnat bozori o‗zgaradi, ya‘ni ba‘zi sug‗urta
agentlari, soha mutaxassislarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va
robotlar bilan almashtirish sodir bo‗ladi.