O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana04.12.2023
Hajmi1,42 Mb.
#111086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

UO„K 368(075.8) 
KBK 65.271я7 
 
Taqrizchilar: 
Baymuratov T.M.. – Toshkent moliya instituti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi; 
Imomov U.G‗ 
.– ―TRUST INSURANCE‖ MCHJ sug‗urta kompaniyasi bosh 
direktori, PhD. 
 
 
ISBN 978–9943–
8101–1–2
 
 
© 
N.A.Mavrulova
, 2022 
© 
«Nihol print» OK nashriyoti, 2022



“Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish
jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng 
foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda 
mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”. 
Islom Karimov 
KIRISH 
Sug‗urta – bu kutilmagan baxtsiz hodisalar natijasida sodir bo‗lgan 
yo‗qotish va zararlarni qoplashga mo‗ljallangan iqtisodiyotning eng jadal 
rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Sug‗urta tizimi – bu bir tomondan, 
tadbirkorlik faoliyati va insonlar farovonligini himoya qilishga imkon 
beradigan, ikkinchi tomondan, sug‗urta faoliyatidan vaqtincha bo‗sh 
mablag‗larning investitsiya ob‘ektlariga yo‗naltirilishidan daromad 
keltiradigan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Sug‗urta 
himoyasi sotuvchi va xaridor o‗rtasida ayirboshlanadigan tovar bo‗lib, u 
talab 
va 
taklif 
asosida 
shakllanadi. 
Mamlakatimizda 
bozor 
munosabatlarining rivojlanishi, jahon integratsiyalashuv jarayonlariga 
qo‗shilishi bizni bugun jahon standartlari talablariga yaqinlashishga 
majbur qilmoqda. Korxonalarning moliyaviy holatini ob‘ektiv baholash, 
moliyaviy xavflarni kamaytirish va raqobatdosh ustunliklarga ega 
bo‗lishga qaratilgan strategiyalarni muvofiqlashtirishga qo‗yiladigan 
talablar ko‗paymoqda. Bu sug‗urta jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot 
texnologiyalarini joriy etishni taqozo etadi. 
Sug‗urta kompaniyalari faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda 
axborot texnologiyalarini joriy qilish nafaqat katta va o‗zaro bog‗liq 
ma‘lumotlar to‗plamini qayta ishlashni o‗z ichiga oladi, balki ularni tahlil 
qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash uchun ham ishlatilishi mumkin. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlar to‗g‗risidagi turli ma‘lumotlarni hisobga olish, shuningdek 
moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni hisobga olish muhim rol 
o‗ynaydi. Axborot hajmi, aniqlik va ishonchlilikka yuqori talablar, 
mijozlar va sug‗urta kompaniyasining moliyaviy holatini samarali tahlil 
qilish zarurati – bu sug‗urta biznesining avtomatlashuvini oldindan 
belgilab beruvchi asosiy omildir. Sug‗urta kompaniyalari faoliyatidagi 
sifat o‗zgarishlari axborot tizimiga, xususan, statistik kuzatuv va hisob-
kitob vositalariga, olis bo‗linmalarning moliyaviy va buxgalteriya 
ma‘lumotlarini birlashtirish imkoniyatlariga qo‗shimcha talablarni qo‗yadi. 
Ma‘lumki, potensial mijozning ehtiyojlariga e‘tibor qaratilgan 
sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish alohida o‗rin tutadi. 



Sug‗urta tashkilotlarining asosiy mijozlari bo‗lib, avvalo, transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi va ish 
beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi mijozlari 
bo‗lgan fuqarolar hisoblanadi. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta 
qilish dasturining joriy etilishi va uzoq vaqt davomida hayotni sug‗urtalash 
va boshqa sug‗urta xizmatlari kabi ilgari ma‘lum bo‗lgan sug‗urta 
turlarining tarqalishi mijozlar bazasi va sug‗urta hajmining tez o‗sishini 
ta‘minladi. Bu qayta ishlangan axborot oqimining sezilarli darajada 
kengayishiga olib keldi va natijada mavjud axborot tizimlarini 
modernizatsiya qilishni talab qiladi. Sug‗urta kompaniyasida sug‗urta 
mahsulotlarining katta portfeli mavjud bo‗lishi integratsiyalashgan axborot 
tizimidan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. 
O‗zbekiston sharoitida sug‗urtani rivojlantirishning o‗ziga xos 
xususiyati va tez sur‘atlarda o‗sishi, sug‗urta tashkilotlari oldida turgan 
qator rivojlanish muammolari sug‗urtalashni avtomatlashtirishni zaruratga 
aylantirmoqda. Shu bilan birga, sug‗urta faoliyatini avtomatlashtirish 
uchun dasturiy ta‘minot nafaqat sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini aks 
ettiradigan va ushbu muammolarni hal qiladigan, balki sug‗urta 
kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirishni ta‘minlaydigan talablarga 
javob berishi kerak. 
O‗zbekistonning deyarli barcha sug‗urta kompaniyalari tayyor 
dasturiy mahsulotlarni sotib olish yoki ularni o‗z dasturchilari yordamida 
ishlab chiqish orqali avtomatlashtirish bo‗yicha tajribaga ega. Zamonaviy 
sug‗urtada raqamli texnologiyalardan foydalanish potensial mijozning 
ehtiyojlarini qondirish va aholi o‗rtasida sug‗urtaning ko‗lamini 
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. 




Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish