O„zbekistonda sug„urta faoliyatini avtomatlashtirishning




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana04.12.2023
Hajmi1,42 Mb.
#111086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

1.3. O„zbekistonda sug„urta faoliyatini avtomatlashtirishning 
ahamiyati 
 
Bugungi kunda respublikamizda milliy iqtisodiyotning barcha 
sohalarida modernizatsiyalash, texnik yangilash, diversifikatsiya qilish va 
ayniqsa AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari)ni keng joriy etish 
borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Boshqa sohalarda bo‗lgani 
kabi, iqtisodiyotning sug‗urta sektorida ham AKTga asoslangan 
loyihalarni ishlab chiqish va sug‗urta kompaniyalari faoliyatida AKTni 
to‗laqonli qo‗llash xususiy va davlat tuzilmalarining moliyaviy-iqtisodiy 
barqarorligini ta‘minlash bilan bir qatorda milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Mamlakatdagi iqtisodiy jarayonlar (shu jumladan sug‗urta faoliyati 
sohasidagi)ning o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tegishli 
xorijiy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlardan foydalanishda sug‗urta 
kompaniyalarida bir qator muammolarga duch kelinmoqda. Ularga 
quyidagilar kiradi: 
ma‘lumotlar hajmining kattaligi va nazorat qiluvchi organlar uchun 
taqdim etiladigan hisobotlarni tuzishning murakkabligi (Sug‗urta bozorini 
rivojlantirish agentligi, soliq inspeksiyasi); 
tahlil qilish uchun zarur bo‗lgan statistik ma‘lumotlarni to‗plash va 
qayta ishlashdagi muammolar; 
sug‗urta tariflarini hisoblash uslubiyatini ishlab chiqishning 
murakkabligi; 
sug‗urta xizmatlari samaradorligini tezkor tahlil qilish zarurati; 
fond mablag‗larini oqilona sarflash uchun kompaniyaning moliyaviy 
holatini tezkor baholash zarurligi; 


11 
sug‗urtaning ayrim turlarini tegishli dasturiy ta‘minotsiz ishlab 
chiqish mumkin emasligi. 
Ushbu muammolarni ixtisoslashgan avtomatlashtirilgan axborot 
tizimi (AAT)ni joriy qilish va uni biznes jarayonlariga tatbiq etish orqali 
hal 
etish 
mumkin. 
Sug‗urta 
faoliyatidagi 
biznes-jarayonlarni 
avtomatlashtirish uchun dasturiy ta‘minot nafaqat sohaning o‗ziga xos 
xususiyatlarini aks ettiradigan va yuqoridagi muammolarni hal qiladigan, 
balki 
sug‗urta kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirishni 
ta‘minlaydigan talablarga javob berishi kerak. 
Sug‗urta kompaniyasida axborot texnologiyalaridan foydalanish 
texnologik jarayonning barcha asosiy elementlarini qamrab oladigan va 
axborotni qayta ishlashning barcha bosqichlarida ma‘lumotlarning 
xavfsizligini to‗liq kafolatlaydigan tizimlarni joriy etishni o‗z ichiga oladi. 
Sug‗urta kompaniyasining axborot tizimini joriy etishga quyidagi 
sohalarni avtomatlashtirish orqali erishish mumkin: 
sug‗urta faoliyati; 
moliyaviy faoliyat; 
buxgalteriya hisobi va boshqa faoliyat. 

Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O„zbekistonda sug„urta faoliyatini avtomatlashtirishning

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish