7
jo‘natgandan so‘ng mijoz qo‘liga polisni qo‘lyozma asosida to‘ldirib,
sug‘urtalanuvchiga taqdim etadi. Ayrim viloyatlar, shaharlar va
tumanlarda ba‘zi hollarda elektr energiyasi tanqisligi tufayli to‘k
kelmasligi oqibatida mijozlarning kutib qolishi va mijoz ma‘lumotlarini
o‘z vaqtida o‘tkazishdagi muammolarning oldini oladi. Masalan: elektr
to‘ki yo‘q deylik, sug‘urta agenti yoki boshqa sug‘urtalovchi oldiga mijoz
kelganda sug‘urtani amalga oshirmasdan ranjigan holda chiqib ketishi
mumkin. Yoki sug‘urta agentlari tomonidan mijoz uchun qulay bo‘lgan
joylarga borib o‘z sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini ko‘rsatadilar.
Bunday qulaylik bilan aholi turar joylariga borib, tadbirlar o‘tkazib shu
yerdagi ko‘ngillilarni baxtsiz hodisalardan yoki boshqa klasslar bilan
sug‘urtalash mumkin. Bunda sug‘urta kompaniyalariga ham, mijozga ham
va albatta sug‘urta agentiga ham juda katta qulayliklar yaratiladi. Misol
uchun, qaysidir aloqa vositasi yordamida sug‘urta dasturiga, ya‘ni Central
Insurance Base (CIB.uz)ga kiriladi. Keyingi bosqichda sug‘urta agentiga
login va parol beriladi, ulardan foydalangan holda dasturni ishga tushiradi.
Keyin sug‘urta agenti o‘ziga kerakli bo‘lgan sug‘urta turini tanlab
sug‘urtani amalga oshiradi. Misol uchun, TVEFJMS – transport vositalari
egalarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug‗urtasini amalga
oshirayotganda darcha ochiladi. Sug‘urtalovchi ma‘lumotlari to‘liq
kiritilganidan so‘ng barcha ma‘lumotlarga asosan sug‘urta summasi va
mukofotlari avtomatik tarzda dastur yordamida hisoblab chiqiladi. Keyingi
bosqichga o‘tish uchun belgilangan tugma bosiladi. Keyingi bosqichda
kerakli bo‘lgan hujjatlar rasm asosida dasturga yuklanadi. Ma‘lumotlar
yuklangandan so‘ng kerakli tugmani bosish orqali sug‘urta markaziy
bazasiga jo‘natiladi.
Bu Central Insurance Base (CIB.uz) dasturi yordamida sug‘urta
kompaniyasi biror sug‘urta hodisasi yuz berganligini tez va barcha
hujjatlar bilan birga ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nafaqat sug‘urta
kompaniyasi, balki nazorat organi hisoblangan Sug‗urta bozorini
rivojlantirish agentligi ham kerakli bo‘lgan ma‘lumotlarni masofadan turib
tekshirish imkonini yaratadi.