Sug„urta kompaniyalarining moliya sektoridagi o„rni va




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana04.12.2023
Hajmi1,42 Mb.
#111086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

1.2. Sug„urta kompaniyalarining moliya sektoridagi o„rni va 
ahamiyati 
 
Sug‗urta bozorining asosiy bo‗g‗ini – bu sug‗urta xizmatlarini 
ko‗rsatishga ixtisoslashgan va maxsus litsenziyaga ega bo‗lgan sug‗urta 
kompaniyalari hisoblanadi. Sug‗urta kompaniyalari moliyaviy vositachi 



sifatida faoliyat yuritadigan tijorat tashkiloti bo‗lib, u sug‗urta risklarini 
qabul qilish orqali sug‗urta shartnomalarini tuzish va u bo‗yicha sug‗urta 
javobgarligini olib borish orqali foyda olish maqsadida tashkil etilgan 
yuridik shaxs hisoblanadi. Sug‗urta faoliyatini amalga oshirish uchun 
belgilangan tartibda litsenziya talab qilinadi. Sug‗urta tashkiloti 
tavakkalchilikni 
baholaydi, 
ularga 
muvofiq 
keluvchi 
sug‗urta 
mukofotlarini undiradi, sug‗urta zaxiralarini shakllantiradi va belgilangan 
tartibda va shartlarda o‗z aktivlarini vaqtincha joylashtiradi, ko‗rilgan 
zararlarni aniqlaydi va uning miqdorini belgilaydi, shuningdek 
shartnomada ko‗rsatilgan hollarda sug‗urta to‗lovlarini amalga oshiradi. 
Sug‗urta kompaniyasi mustaqil xo‗jalik sub‘ekti sifatida faoliyat 
yuritib, o‗z faoliyatida boshqa sug‗urtalovchilar bilan munosabatlarni 
qayta sug‗urta va birgalikda sug‗urtalash asosida amalga oshiradilar.
Sug‗urta o‗z mohiyatiga ko‗ra noxush hodisalarning yuz berishi 
natijasida ko‗riladigan zararlarni qoplash maqsadida zaxira fondlarini 
shakllantirishni ifodalaydi. Sug‗urtalanuvchi sug‗urta kompaniyasi bilan 
sug‗urta shartnomasini tuzadi va shartnomaga muvofiq sug‗urtalovchiga 
sug‗urta mukofotlari to‗lovini amalga oshiradi. Umuman olganda, barcha 
sug‗urtalovchilarning to‗lovlari zaxira fondini tashkil etadi va sug‗urta 
hodisasi yuz bergan taqdirda sug‗urta kompaniyasi sug‗urtalanuvchilarga 
shartnomada belgilangan sug‗urta summasi doirasidagi mablag‗larni 
to‗laydi va shu bilan noxush hodisalardan kelib chiqadigan zararlarni 
kamaytiradi. Sug‗urtalanuvchilar tomonidan to‗lanadigan mukofotlar 
miqdori maxsus me‘yorlar bilan belgilanadi, ular ma‘lum bir hodisa 
(sug‗urta hodisasi)ning sodir bo‗lish ehtimollik darajasiga bog‗liq bo‗lib, 
sug‗urta summasiga nisbatan hisoblanadi. Sug‗urta summasi (sug‗urta 
to‗lovi) esa sug‗urta shartnomasi va (yoki) maxsus me‘yoriy hujjat bilan 
belgilangan va sug‗urta hodisasi yuz berganda sug‗urtalovchi tomonidan 
sug‗urtalanuvchi yoki sug‗urtalangan shaxsga to‗lanadigan pul 
mablag‗larini ifodalaydi. Sug‗urta munosabatlarining amalga oshish 
doirasi tor bo‗lib, qayta taqsimlash faqatgina sug‗urta kompaniyalari va 
sug‗urta qildiruvchilar o‗rtasida amalga oshiriladi. 
Sug‗urtalovchi 
faoliyati 
o‗ta mas‘uliyatli faoliyat bo‗lib, 
zimmasidagi majburiyatlarning bajarilmasligi unga ko‗pgina salbiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
qatorida sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ham 
mavjud bo‗lib, bugungi kunda sug‗urtalovchilar ularga rioya etgan holda 
faoliyat yuritadi va davlat tomonidan nazorat qilinadi. 




Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sug„urta kompaniyalarining moliya sektoridagi o„rni va

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish