10
aktivlari bo‗yicha tijorat banklaridan keyingi yetakchi o‗rinlarni egallaydi
va iloji bo‗lsa, ularni kredit kapitali sifatida ishlatadi. Ular to‗plagan
resurslarning tabiati ularni qimmatli bozor orqali uzoq muddatli ishlab
chiqarish kapital qo‗yilmalarida foydalanishga imkon beradi. Nisbatan
qisqa muddatli qarz mablag‗lariga asoslangan banklarda bunday
imkoniyatlar mavjud emas. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari,
xususan hayot sug‗urta tarmog‗ida faoliyat yuritadigan sug‗urta
kompaniyalari sug‗urtalanuvchilar hisobidan shakllantiriladigan sug‗urta
fondi mablag‗laridan unumli foydalanib, iqtisodiy samaraga erishish
maqsadida kapital bozorida yetakchi o‗rinni egallaydi.