59
Sug‗urta xizmatlarining masofaviy tarzda ko‗rsatilishi mijozlarga
qulaylik yaratishi bilan bir qatorda xizmatlar turlari bilan yaqindan
tanishish va optimal variantni tanlash imkonini beradi. Internet sug‗urtada
arizalarning to‗ldirilishi va to‗lovlarning amalga oshirilishi ham masofaviy
tarzda amalga oshiriladi. Internet ariza – bu sug'urta kompaniyasining sayti
orqali muloqot uchun ma‘lumot taqdim etilishi, uchrashuv joyi va yoki
sug'urta shartlarini aniqlash uchun mijozga oldindan qo'ng'iroq qilgan
holda mutaxassis murojaati va sug'urta hujjatlarini to'ldirishidir. Internet
to‗lov esa polisni to'ldirish va tarifni hisob-kitob qilish uchun zarur bo'lgan
axborotning sug'urta kompaniyasi sayti orqali taqdim etilishi, polisning
internet orqali to‗lanishi, tayyor polisning kuryer yordamida, ekspress-
pochta orqali yetkazib berilishi yoki shartnomani ofisdan mustaqil oilb
ketish
imkoniyatidir.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda sug‗urta
kompaniyalari faoliyatida internet sug‗urta bozoriga kirish yo‗lidagi
to‗siqlar yoritilgan bo‘lib, ichki va tashqi omillar sanab o‘tilgan. Mazkur
omillarning bartaraf etilishi sug‗urta bozorida xizmat ko‘rsatish sifatining
oshirilishi, sug‘urta mahsulotlarini yaratish texnologiyalaridan unumli
foydalanishni ta‘minlaydi va sug‗urtalash ko‘lamini kengaytiradi.
4-jadval
22