49
Har bir shartnoma shu tarzda rasmiylashtiriladi, bu esa markaziy ofis
ma‘lumotlar bazasining to‗liqligi talabini nazarda tutadi. Sug‗urta
kompaniyasining qolgan bo‗limlarida (hududiy filiallar, idoralar) umumiy
ma‘lumotlar bazasiga ega bo‗lishning hojati yo‗q, chunki har bir
bo‗linmada sug‗urta qildiruvchilarning ma‘lumotlar bazasi mavjud.
Kompaniyaning umumiy bazasidan ma‘lumot so‗rash
zarurati quyidagi
hollarda yuzaga keladi:
sug‗urta qildiruvchi ko‗chib o‗tganda;
sug‗urta qildiruvchi yirik tashkilot bo‗lsa va uning bo‗linmalari bir
nechta mintaqada joylashgan bo‗lsa.
Ma‘lumotlar bazasining uchta darajasi mavjud: 1) markaziy ofis –
butun kompaniya to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi; 2)
mintaqaviy filial – faqat ushbu mintaqa uchun ma‘lumotlarni o‗z ichiga
oladi; 3) filiallar – u qamrab olgan hududdagi barcha ma‘lumotlarni o‗z
ichiga oladi. Dastlab sug‗urta bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri
eng katta ishlar
olib boriladigan sug‗urta kompaniyasining filiali darajasida ma‘lumotlar
paydo bo‗ladi. Ushbu ma‘lumot kun davomida yoki boshqa davrda
sug‗urta kompaniyasi filiallari ma‘lumotlar bazasida to‗planadi, so‗ngra
avvalgi bazaga qo‗shiladi.
Muayyan
vaqtda
sug‗urta
kompaniyasining
mintaqaviy
vakolatxonasi kompyuterlari bilan avtomatik ulanish sodir bo‗ladi va
ma‘lumotlar bazasi takrorlanadi. Ikkita ma‘lumotlar bazasidan bittasi
asosiy sifatida tanlangan bo‗ladi va u eng dolzarb ma‘lumotlarni o‗z ichiga
oladi, ikkinchisi esa unga bo‗ysunadi va asosiy bo‗lib tayinlangan bazadan
nusxa oladi. Shunday qilib, har ikki ma‘lumotlar bazasi bir vaqtning o‗zida
kuzatish, ma‘lumotlarni yangilash va zarur hollarda
nizolarni hal qilish
imkoni bo‗ladi. Bu ikkita katta ma‘lumotlar bazasini qisqa davrda bir xil
holatga keltirishga imkon beradigan standart va juda samarali jarayon
hisoblanadi, chunki aloqa liniyalari orqali faqat sodir bo‗lgan o‗zgarishlar
uzatiladi.
Shunday qilib, hududiy filial barcha o‗ziga bo‗ysunuvchi
filiallardan ma‘lumotlarni o‗z ma‘lumotlar bazasida to‗playdi. Natijada
mintaqaviy ma‘lumotlar bazasi sug‗urta xodimining doimiy ishtirokisiz
avtomatik ravishda to‗ldiriladi va butun mintaqadagi to‗liq ma‘lumotlarni
o‗z ichiga oladi. Shu bilan birga, jarayonda yuzaga keladigan ma‘lumotlar
sug‗urta kompaniyasi xodimlari tomonidan interaktiv
ravishda kiritilishi
mumkin (10-rasm).