46
yuqori ishonchlilik;
zaruriy ma‘lumotlarning ko‗pligi.
Ishonchlilik – bu qurilmaning ayrim elementlari ishlamay qolganda
va ma‘lumotlar to‗liq bo‗lmagan holda tizimning o‗z
funksiyalarini
bajarishi hisoblanadi. Tizimning ishonchliligini yanada oshirish uchun
ma‘lumotlarning yetarli darajada ko‗p bo‗lishi asos bo‗ladi. Sug‗urta
kompaniyasining filiallari uchun mazkur tizim quyidagilarni ta‘minlaydi:
axborot, dasturiy va texnik resurslardan birgalikda foydalanish
imkoniyati;
boshqa filiallar bilan aloqa vositalarini ta‘minlash;
ishni butun tizimda taqsimlashdagi qulaylik. Axborot tizimidagi
alohida qismlarning o‗zaro ta‘sirini samarali tashkil qilish jarayonida ham
ayrim muammolarga duch kelinadi. Jumladan, dasturiy ta‘minotdan
foydalanish natijasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar quyidagilar:
operatsion tizim, ya‘ni dasturlash tillari va amaliy dasturlarni tanlash;
sug‗urta kompaniyasi xodimlarini taqsimlangan muhitda ishlashga
o‗rgatish;
foydalanuvchilarning funksiyalarini aniqlash va chegaralash.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulashda yuzaga keladigan muammolar:
xabarlarning yo‗qotilishidan himoyalash
vositalari talab etiladi
(tarmoqning haddan tashqari yuklanishi sababli);
o‗tkazish qobiliyatini oshirish, ma‘lumotlarni himoya qilish bo‗yicha
maxsus choralar talab qilinadi;
tijorat sirlarini saqlashni ta‘minlash;
bir qator foydalanuvchilarga bir vaqtning o‗zida ishlashga imkon
beradigan tizimdagi muammolarni hal qilish mushkul hisoblanadi.
Kompyuter tarmoqlari va masofadan turib foydalanish quyidagi
sabablarga ko‗ra ish samaradorligining oshishi va kompaniya foydasining
ko‗payishiga olib keladi:
axborotni qayta ishlash vaqtini qisqartirish;
tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish.
Buning natijasida sug‗urta xizmatlarining raqobatbardoshligi
oshishiga va bozorda kompaniyaning o‗z mavqei shakllanishiga erishiladi.
Kompyuter tarmog‗idan foydalangan holda masofadan turib faoliyat
yuritadigan sug‗urta kompaniyasi uchun quyidagi yangi imkoniyatlar
yaratiladi:
aloqa
yaxshilanadi, ya‘ni kompaniya xodimlari va uning mijozlari
o‗rtasida axborot almashinuvi va o‗zaro aloqalar yaxshilanadi;
47
turli idoralarda joylashgan xodimlar umumiy texnologik bazaga ega
bo‗lgan yagona texnologik platformada ishlaydi;
yuqori darajadagi axborot ishonchliligi va samaradorligi tufayli
xodimlar asosli qarorlar qabul qiladi;
tarmoq va masofadan turib kirish imkoniyati sug‗urta kompaniyasiga
boshqa turdagi ma‘lumot almashish vositalari, masalan, telefon yoki oddiy
pochta aloqalarida ishlash ehtiyojini kamaytiradi.
Shunday qilib, xulosalarning asosliligi, natijalarning aniqligi,
ishonchliligi
oshishiga emas, balki qaror qabul qilish uchun vaqt, mehnat
va xarajatlarning kamayishiga erishiladi, shu bilan birga, sug‗urta
kompaniyalarida mijozlarga xizmat ko‗rsatish sifati yaxshilanadi. Tarmoq
sug‗urta kompaniyasiga o‗z filiallari joylashgan joyni tanlash erkinligini
beradi, ya‘ni kompaniyalarga
nafaqat filiallarni, balki sug‗urta
operatsiyalarini
bajarish
uchun
eng
samarali
bo‗lgan
joyda
sug‗urtalovchilar va mutaxassislarning ish joylarini ham topishga imkon
beradi. Axborot tizimi tomonidan taqdim etilgan sug‗urta kompaniyasining
axborot maydoni uning tarkibiy qismlariga bo‗linadi. Sug‗urtaning
markaziy idorasi firma yoki bosh tashkilot yuqori samarali ko‗priklar yoki
routerlar orqali bir-biriga ulangan, bir yoki bir nechta yuqori tezlikda
ishlaydigan mahalliy (lokal) tarmoqlarga ega. Lokal tarmoqni butun
kompaniyaning axborot markazi, shu jumladan hisoblash resurslari sifatida
baholash mumkin:
fayl serverlari;
ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va boshqalar.
Lokal tarmoqlarda joylashgan mahalliy va masofali tarmoq
qurilmalari markazlashgan nazorat qilish va boshqarish tizimini o‗z ichiga
oladi. Sug‗urta kompaniyasining hududiy ofislari (filiallari)
ishonchli va
yetarlicha yuqori tezlikdagi aloqani kafolatlaydigan o‗z mahalliy
tarmoqlariga ega keng ko‗lamli tashkilotlardir. Ayrim filiallar uchun
markaziy ofisga doimiy ravishda yuqori tezlikda ulanish lozim bo‗ladi, bu
maxsus ajratilgan aloqa kanallari tomonidan ta‘minlanadi. Sug‗urta
kompaniyasining filiallarida odatda bir nechta shaxsiy kompyuterlarni o‗z
ichiga olgan kichik mahalliy tarmoq mavjud. Hududiy ofis bilan aloqa
oldindan belgilangan jadval asosida ma‘lum soatlarda amalga oshiriladi,
ammo rejadan tashqari shoshilinch kirish imkoniyati ham mavjud.
Sug‗urta kompaniyasining vakolatxonalari yoki agentliklari ko‗pincha bir
yoki bir nechta kompyuter bilan ta‘minlanadi. Filiallar bilan aloqa qilish
zarur bo‗lgan hollarda yuzaga keladi va kun davomida ta‘minlanadi.
Masofaviy tarmoq foydalanuvchilari – bu o‗z
vazifasi tufayli ish kunini
48
ofisdan tashqarida (masalan, mijozlar bilan) o‗tkazadigan xodimlar:
inspektorlar, sug‗urta kompaniyalari agentlari, nazoratchilar, shuningdek,
ish safari yoki ta‘tilda bo‗lgan
menejerlar
mobil ilovalardan
foydalanadilar. Sug‗urta kompaniyasi axborot tizimining tuzilishi quyidagi
rasmda keltirilgan (9-rasm).