39
direktivani amalga oshirish muddatini belgilashdan iborat. Shu sababli
strategik sug‗urta marketingi tadqiqotlari tarkibiga sug‗urta tashkilotlari
innovatsion siyosatining bo‗lagi bo‗lgan innovatsion sug‗urta marketingi
jarayonlarining asosiy tizimli xususiyatlari kiradi. Tadqiqotlarning
ko‗rsatishicha, bozorga yangilikning kirish strategiyasi va taktikasi
sug‗urta marketingi tadbirlarining muhim yo‗nalishlaridan hisoblanadi va
yangi mahsulotlarni bozorda joylashtirish va sotish yo‗llarini
shakllantirishga asoslangan raqobatbardosh strategiyani ishlab chiqishni
nazarda tutadi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, innovatsion sug‗urta marketingi – sug‗urta
kompaniyalarining ishlab chiqarishni takomillashtirish va bozor sharoitiga
ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan faoliyatdir. Izlanishlar natijasi shuni
ko‗rsatadiki, innovatsiya hayotiy davrining har bir bosqichi turli sug‗urta
marketingi usullarini va yondashuvlarini, turli strategiya va taktikani talab
qiladi. Innovatsion sug‗urta marketingi tadbirlari tizimi faqatgina ishlab
chiqarishni yangilash bilan emas, balki kapitalning jamlanishi va oqimi
dinamikasi bilan ham uzviy bog‗langan.
Sug‗urta faoliyatida innovatsiya zamon talabiga mos yo‗nalish
hisoblanib,
sug‗urta
tashkilotining
daromadi
oshishiga
va
sug‗urtalanuvchilar sonining ortishi hisobidan bozordagi mavqei
ko‗tarilishida muhim rol o‗ynaydi. Innovatsion yo‗nalish eski uslubdan
yangisiga, shuningdek ommaviy iste‘moldan individual iste‘molga o‗tishni
amalga oshiradi. Mijozlarning endilikda ko‗rsatilayotgan sug‗urta
xizmatlariga nisbatan o‗z talablari mavjud. Individual iste‘mol bir
tomondan aniq mijozning aniq talablarini qondirishga mo‗ljallangan
bo‗lsa, ikkinchi tomondan mahsulot mijozga qulay va sotishning yangi
usullari orqali taqdim etilishi zarur. Sug‗urtaning zamonaviy bosqichida
nafaqat sug‗urta xizmatlarini sotishda, balki uni ko‗rsatish tizimida ham
yangiliklar yaratishga qiziqish ortmoqda. Masalan, iste‘molchi shunchaki
avtomobili shikastlanishidan sug‗urta polisiga ega bo‗lishni istamaydi,
balki polisda uning evakuasiyasi, zararlangan ob‘ektning ta‘mirlanishi,
ta‘mirlash
vaqtida
vaqtincha
boshqasiga
almashtirib
turilishi,
jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‗rsatish aks etishini ham xohlaydi.