35
sug‗urta mahsulotlariga bo‗lgan talabni istiqbollash, ularni amalga
oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Sug‗urta marketingini qo‗llashdan
avval sharoitni, eng asosiysi
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki
sug‗urta
marketingi - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu
bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli
darajada yuqori bo‗lgan ehtiyoji va talabiga,
uning xarid qobiliyatiga,
ikkinchi tarafdan sug‗urta mahsuloti va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka
javob berishi kerak. Sug‗urta bozori harakatining katta radiusini ta‘minlash
uchun sug‗urta mahsuloti assortimentini tez o‗zgartirish, uni ommaviy
ravishda o‗zlashtirishga javob beradigan bo‗lishi lozim. Bularning barchasi
talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi.
Sug‗urta marketingining bosh vazifasi sug‗urta kompaniyasining
mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash
va amalga oshirish hamda
sug‗urta bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadidagi
imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Sug‗urta marketingi yoki tadbirkorlik
faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Sug‗urta
marketingining asosiy maqsadlari sug‗urta
kompaniyasining asosiy
maqsadlari bilan o‗zaro aloqadordir.
3-jadval