33
sug‗urta bozorida sug‗urta mahsulotlari va xizmatlar taklifi bilan
emas, balki potensial sug‗urtalanuvchilar muammolarini yechish vositalari
bilan ishlash;
sug‗urta mahsulotini yaratishni ehtiyoj
va talabni tadqiq qilgandan
so‗ng tashkil etish kerak;
sug‗urta marketingi konsepsiyasi vositalarini qo‗llash asosida
sug‗urta marketingi dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‗yilgan
maqsadlarga erishish uchun kompleks yondashish va maqsadli dastur
uslubini ishlatish;
sug‗urta mahsulotini iste‘molchiga taqdim etishning barcha
bo‗g‗inlarini sug‗urta marketingi bilan qamrab olish maqsadida bir
vaqtning o‗zida maqsadli yo‗naltirilgan ta‘sir asosida sug‗urta
bozori
talabiga mos keluvchi sug‗urta mahsulotini ishlab chiqish strategiya va
taktikasini qo‗llash;
sug‗urta tashkiloti faoliyatini va sug‗urta marketingi xizmatini
sug‗urta bozorida mahsulot xulq-atvorini bashorat qilish va strategik
rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyaning
uzoq muddatli istiqboliga mo‗ljal olish;
sug‗urta mahsulotining yashash davri bosqichlarini ishlab chiqish
va sug‗urta mahsulotini taqsimlashning ijtimoiy va iqtisodiy omillarini
hisobga olish;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida
rejalarni tarmoqlararo
koordinatsiyalash va o‗zaro ta‘sirini ushlab turish;
sug‗urta mahsuloti, sug‗urta bozori yoki sug‗urta tashkiloti imidji
(obro‗yi) va raqobatli afzalliklarni qidirish va shakllantirish jarayonida
aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish,
umumiy
holda sug‗urta marketingining asosiy tamoyillari – bu sug‗urta bozorini
bilish, unga moslashish va sug‗urta bozoriga ta‘sir o‗tkazishdan iborat
14
.
Sug‗urta marketingining mohiyati va maqsadlaridan quyidagi asosiy
tamoyillar kelib chiqadi:
potensial sug‗urtalanuvchilarga yo‗naltirilgan tamoyil;
istiqbolga yo‗naltirilgan tamoyil, ya‘ni sub‘ekt faoliyati istiqbolga
yo‗naltirilgan bo‗lishi zarur;
pirovard ko‗rsatkichga erishishga yo‗naltirilgan tamoyil, ya‘ni
sug‗urta bozori hissasi, foydaning oshishi va hokazolar.
14
Seth Kravitz, Lev Barinskiy, Matt Wilson ―Mastering Insurance Marketing‖ UK,
2010. 7-8 pg.
34
Sug‗urta marketingining asosiy maqsadi uning vujudga kelish,
shakllanish va rivojlanishining ob‘ektiv sabablari,
zarurati bilan
belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, sug‗urta marketingi eng avvalo
sug‗urta mahsulotlari to‗planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi
kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro
qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab
masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U sug‗urta mahsulotlarini
sug‗urtalanuvchilar ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklif muvozanatiga
erishgan holda uni tashkil etgan sug‗urta tashkilotlariga yuqori foyda
keltirishdir. Bunga erishish uchun sug‗urta marketingi quyidagi muhim
vazifalarni hal etmog‗i lozim: