31
Tarifni
aniqlash uslubiyoti, tarif stavkasi va uning dastlabki
ma‘lumotlar manbasi, netto-stavka va ―yuk‖ ulushlari ko‗rsatilgan holda
tarif hisob-kitoblari maxsus vakolatli Davlat organiga taqdim etiladi.
Mazkur organ tomonidan ruxsat berilganidan so‗ng sug‗urta tashkiloti o‗zi
hisoblab chiqqan sug‗urta tarifini qo‗llash huquqiga ega bo‗ladi.
Har bir
sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta tarifining hajmi sug‗urta ob‘ektini
tavsiflovchi qator holatlarni hisobga olgan holda tomonlarning o‗zaro
kelishuviga ko‗ra belgilanadi. Quyidagi rasmda sug‗urta kompaniyalarida
tariflarni ishlab chiqish bosqichlari keltirilgan (6-rasm).
Umumiy sug‗urta qilish tarmog‗i klasslari bo‗yicha tarif stavkasini
aniqlashda netto-stavka hisob-kitobi muhim hisoblanadi. Aynan uning
hisobidan sug‗urtalanuvchilar ko‗rgan zararning qoplama to‗lovlari amalga
oshirilishi nazarda tutiladi.
Sug‗urta tashkiloti mukofot undirilishi hisobiga sug‗urta hodisasi yuz
berishi oqibatida sug‗urtalanuvchi ko‗rgan zararni
qoplash uchun yetarli
miqdordagi summani jamlab olishi muhimdir. Masalan, har yili sug‗urtaga
qabul qilingan 1000 xonadondan 6 tasi butunlay yonib ketishi hodisasi
ro‗y beradi deb faraz qilsak, har bir xonadonning bahosi 1 mln. so‗m
bo‗lsa, bu holatda sug‗urtalovchi (1 mln. x 6) 6 mln. so‗m miqdoridagi pul
fondiga ega bo‗lishi talab etiladi. Bu sug‗urta
qoplamasi summasini
sug‗urtalangan ob‘ektlar soniga bo‗lish orqali har bir sug‗urtalanuvchiga
to‗g‗ri keladigan (6 mln. so‗m : 1000 = 6 ming so‗m) sug‗urta mukofoti
aniqlanadi. Aynan shu summa aniq bir sug‗urta ob‘ekti uchun hisoblab
chiqilgan netto-stavkadir.
O‗zbekistonda faoliyat ko‗rsatayotgan sug‗urta
kompaniyalari
tomonidan
netto-stavkani
hisoblash
amaliyotda
birmuncha
murakkabroqdir. Negaki sug‗urtalangan ob‘ektning (bir qismi yoki
batamom) zarar ko‗rganligi darajasi, sug‗urta hodisalari (yong‗in, suv
toshqini va boshqa) sonining yillar bo‗yicha tafovuti, shuningdek, boshqa
qator dalillarni ehtimollikka asoslanib bashorat
qilish va hisobga olish
kerak bo‗ladi. Mol-mulk (bino, uy xayvonlari, qishloq xo‗jaligi
ekinlari)ning turli sug‗urta hodisalari (yong‗in, kasalliklar,
sovuq va shu
kabilar) yuz berishi oqibatida zarar ko‗rishi yoki halokatga uchrashi
ehtimoli turlichadir. Shundan kelib chiqib, ob‘ektlarning
shartnomada
qayd etilishi nazarda tutilayotgan sug‗urta hodisalaridan sug‗urtalash
bo‗yicha tarif stavkalari ham turlicha belgilanishi mumkin.