22
Har qanday sug'urta mahsuloti bo'yicha ishlarning dastlabki bosqichi
- bu sug'urta bozorini o'rganish asosida va undan kelib chiqadigan asosiy
g'oyaning paydo bo'lishi hisoblanadi. Shundan so'ng potentsial bozorni
miqdoriy tadqiq
qilish bosqichi boshlanadi, bular: sug'urta mahsulotining
jozibadorligini miqdoriy baholash, potentsial auditoriyani miqdoriy
baholash, bozor raqobatini aniqlash va raqobatchilarning mumkin bo'lgan
harakatlarini prognoz qilish nuqtai nazaridan marketing tadqiqotlarini olib
borish. Keyinchalik yangi sug'urta mahsulotini texnik tatbiq etish,
shuningdek tijoratlashtirish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlar,
vaqt va
kuchlar baholanadi. Quyidagi rasmda mazkur jarayon aks etadi (4-rasm).
4-rasm. Sug„urta mahsulotlarini yaratish bosqichlari
6
Ushbu bosqichda sug'urtalovchining zarur moliyaviy salohiyatga ega
ekanligi (yoki yo'qligi), yetarli miqdorda o'qitilgan agent kadrlari,
marketing va aktuar hisob-kitoblar sohasidagi mutaxassislari, ya'ni, yangi
sug'urta mahsulotini batafsil ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun zarur
bo'lgan omillar o‘rganiladi.
Sug'urta mahsulotlarini rivojlantirishning ushbu bosqichi yakunida
uning asosiy texnik tavsiflari keltiriladi. Keyin sug'urtalovchi sug'urta
mahsulotlarini batafsil ishlab chiqishga kirishadi. Sug‗urta mahsulotlarini
ishlab chiqishda quyidagilar aniqlanadi:
kafolatlar, sug'urta summalari,
chegirmalar, tariflar, shartnomalarning maxsus shartlari (xususan, hayotni
sug'urtalashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan shartnomani muddatidan
6
Rasm muallif tomonidan chizilgan.
23
oldin
bekor
qilish
shartlari),
bonus
(sug'urtalovchining
sug'urtalanuvchining foydasida ishtirok etishi), sug'urta mukofotlari, ularni
o'tkazish shartlari va hokazo. Shundan so‗ng, sug'urtalash shartlarining
huquqiy tahlili o'tkaziladi.
Sug‗urta
mahsulotlari
savdosini
tashkil
qilish
sug‗urta
kompaniyasining muhim va sermashaqqat jarayonlaridan biridir. Sotish
tizimining asosiy vazifasi bo‗lib sug‗urtalovchi va sug‗urta
qildiruvchi
o‗rtasida samarali munosabatlarning o‗rnatilishi yoki bu tizimning qanday
tashkil etilishi to‗g‗ridan to‗g‗ri kompaniyaning daromadiga bog‗liq
bo‗ladi. Sug‗urtalovchining sug‘urta mahsulotini sotish tizimidagi asosiy
tamoyili iste‘molchining talabini maksimal darajada qondirish va buning
natijasida sug‗urta mahsuloti savdosini yuqori darajaga chiqarishdan
iborat. O‗z-o‗zidan sug‗urta xizmatlari bozori sug‗urta operatsiyalarining
ketma-ketligini ifodalaydi va quyidagi asosiy bosqichlarni o‗z ichiga oladi:
1) tayyorlov faoliyati (bozor tuzilishi,
potensial mijozlarni aniqlash,
mavjud va yashirin holdagi talab va ehtiyojlarni aniqlashtirish, sug‗urta
qildiruvchiga murojaat qilishning eng maqbul yo‗lini topish);
2) sug‗urta mahsulotini sotish (mijoz bilan aloqa o‗rnatish, sug‗urta
qildiruvchida sug‗urta qildirishning zaruriyatiga ishonch tuyg‗usini
shakllantirish, sug‗urta shartnomasini rasmiylashtirish);
3) savdodan keyingi xizmat ko‗rsatish (axborot olish, yuridik tarafdan
va maslahat berishni qo‗shib olib borish, sug‗urta holatlarini tekshirish,
ko‘rilgan zarar hajmi, sug‗urta holatlarini tartibga solish, sug‗urta
hodisasining oqibatlarini tugatishga ko‗maklashish).
Agar sug‗urta mahsulotini sotish kanali sug‗urta qildiruvchining
o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda qurilsa, bu tizim samarali
bo‗ladi. Bu esa bozor tizimining o‗z ishining bilimdonlari tomonidan
ta‘minlanganini bildiradi. Sug‗urtalovchi sug‗urta talablariga ko‗ra bir-
biriga yaqin bo‗lgan mijozlarni bir turdagi guruhlarga ajratadi va
iste‘molchilarga murojaat etishning samarali yo‗llarini aniqlab, bozorni
soddalashtirishga harakat qiladi. Sug‗urtalovchi iste‘molchilarning
belgilangan bo‗g‗iniga mansub sug‗urta xizmatlarini sotish jarayonida bu
xususiyatlar noto‗g‗ri baholanganda,
ularning faoliyat yakuni, ayniqsa,
savdo hajmi talabga javob bermaydi. Shuning uchun savdoni samarali
o‗tkazish maqsadida sug‗urtalovchi nafaqat xizmatga talabni baholaydi,
balki savdo yo‗llari, usullari va texnologiyalarni o‗ylab topadi. Quyidagi
rasmda sug‗urta mahsulotlarini sotish bosqichlari keltirilgan (5-rasm).