8-rasm. Sug„urta kompaniyasining reinjiniring modeli
19
19
Rasm muallif tomonidan chizilgan.
42
4-MAVZU. SUG„URTA KOMPANIYALARI FAOLIYATINING
DASTURIY TA‟MINOTI
4.1. Sug„urta kompaniyasining axborot tizimiga qo„yiladigan talablar
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalariga o‗tish jarayoni
menejment sifatining o‗zgarishi bilan birga kechadigan jarayon bo‗lib,
menejerlarning tahliliy ishi asosiy o‗rinni egallaydi, ular uchun yangi
g‗oyalar va ustuvorliklarni shakllantiradi, axborotni kompaniyaning asosiy
va
haqiqatan
ham
qulay
manbalardan
biriga
aylantiradi,
avtomatlashtirilgan
tizimni
yanada
rivojlantirish
esa
axborot
texnologiyalari strategiyasining muhim elementi bo‗lib xizmat qiladi.
Biroq
avtomatlashtirilgan
axborot
texnologiyalarini
qo‗llash
yetarlicha samarali yo‗lga qo‗yilgan mehnat sharoitida ko‗proq iqtisodiy
samara keltiradi, chunki ma‘lum qoidalarga bo‗ysunadigan barqaror
jarayonlargina avtomatlashtiriladi. Agar har bir ish holati o‗ziga xos
bo‗lsa, istisno va tuzatishlar kompaniya faoliyatining tartib-qoidalariga
xalaqit bersa, u holda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy
etish pul va vaqtni behuda sarflashdangina iborat bo‗lib qoladi. Sug‗urta
kompaniyalari uchun bu, avvalambor sug‗urta bilan bog‗liq barcha
hujjatlarni yetarlicha uzoq muddat foydalanishni nazarda tutgan holda
ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerakligini anglatadi. Masalan,
sug‗urtalanish uchun ariza, sug‗urta shartnomasi, sug‗urta hodisasi
to‗g‗risidagi dalolatnoma, shuningdek balansning foyda va zararlar hisob-
varag‗i va boshqalar.
Faoliyatning barcha tartib-qoidalari puxta o‗ylangan va ko‗rsatmalar
shaklida hujjatlashtirilgan bo‗lishi kerak. Xususan, kim tomonidan, qanday
qilib, qachon va qanday sharoitlarda kompaniya siyosatining ishlab
chiqilishi, brokerlar bilan hisob-kitoblarning qanday amalga oshirilishi,
to‗lovlarning qanday va kim tomonidan amalga oshirishi, zararni kim va
qanday baholashi va boshqalar aniqlanishi kerak. Barcha hujjatlarning
harakatlanish yo‗llari, shartlari va agar ular moliyaviy xarakterga ega
hujjatlar bo‗lsa, unda pul harakati ko‗rsatmalarda bayon qilinishi kerak
(yoki diagrammalarda tasvirlangan bo‗lsa undan ham yaxshi). Hujjat
aylanishining bunday sxemalari har bir hujjatning hayotiy siklini to‗liq
kuzatib borish va kompaniyadagi hujjatlar aylanishini tahlil qilish, so‗ngra
uni takomillashtirish – yangi texnologik yechimlar asosida tezlashtirish,
soddalashtirish va kerak bo‗lganda to‗ldirish yoki rivojlantirishga imkon
43
beradi. Agar bu ish amalga oshirilmasa, sug‗urta kompaniyasining
samarali avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini ishlab chiqish
deyarli imkonsiz bo‗lib qoladi.
Sug‗urtalashda axborot tizimlarini avtomatlashtirishga qo‗yiladigan
asosiy talablar biznesning o‗ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi va ular
quyidagilardan iborat:
tizimning barcha modullari uchun yagona axborot maydoniga ega
bo‗lish;
keng ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash uchun yetarli darajadagi
tezkorlik;
tizimga
ma‘lumotlarni o‗rnatishdagi qulaylik va tezkorlik
(qonunchilikning o‗zgartirishi kabi vaziyatlarda);
ma‘lumotlarni saqlashning yuqori ishonchliligi.
Ushbu sohadagi firibgarlikning oldini olish uchun sug‗urta
kompaniyalari
to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar
saqlanadigan
barcha
kompaniyalar uchun umumiy bo‗lgan ma‘lumotlar bazasini yaratish kerak.
Sug‗urta kompaniyasi faoliyatini avtomatlashtirish bo‗yicha universal
axborot tizimiga bo‗lgan umumiy talabdan kelib chiqib, eng muhim mezon
sifatida quyidagilar taklif etiladi:
Faoliyatning samaradorligi . Mijozlar sonining tez o‗sib borishi,
ularni jalb qilish bo‗yicha olib borilayotgan islohotlar sharoitida
kompaniya tomonidan ko‗rsatilayotgan xizmatning tezligi va qulayligi
muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylanadi. Kompaniyaning axborot tizimi
sug‗urta mahsulotini tanlashda, sug‗urta shartnomasini tuzishda,
kompaniyaga qay tartibda murojaat etish, ayniqsa sug‗urta hodisalari
bo‗yicha to‗lovlarni undirish bo‗yicha eng to‗liq xizmatni taqdim etishi
kerak. Tizim mijozlarga xizmat ko‗rsatish jarayonining barcha
ishtirokchilari: filiallar tarmog‗i, brokerlar va sug‗urta agentlari uchun
axborotni ta‘minlashi kerak. Shunday qilib, tizimga qo‗yilayotgan eng
muhim talab – bu minimal xarajatlar bilan masofadan turib kirish
imkoniyatini ta‘minlashdir. Barcha tarmoq tugunlarining ishlashi
qo‗shimcha texnik xarajatlarsiz amalga oshirilishi, ya‘ni tizimning
masofadan boshqarish bilan ta‘minlanishi maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Moslashuvchanlik, yangi mahsulotlarni tezda yaratish va sotish
qobiliyati. Sug‗urta bozorida o‗sib borayotgan raqobat sharoitida mijozlar
ehtiyojlarini tezda ilg‗aydigan, talab va istaklarni hisobga olgan holda
yangi mahsulotlarni o‗z vaqtida yaratadigan va sotuvni turli shakllarda
tashkil etadigan kompaniyalar g‗olib bo‗ladi. Hozirgi sharoitda sug‗urta
bozoridagi yetakchi kompaniyalar, sug‗urta agentlari o‗z kompaniyasining
44
yangi takliflari haqida bilmasligi va ofis xodimlari mijozga yangi
mahsulotni sotib olishning afzalliklarini tushuntirib bera olmagan
vaziyatlarga ko‗na olmaydi. Axborot tizimi sug‗urta mahsulotlarini
shakllantirishning to‗liq siklini ta‘minlashi kerak: tahlil qilish va
hisoblashdan tortib barcha zarur hisobot hujjatlarini tayyorlashgacha va
ushbu mahsulotni kompaniyaning buxgalteriya tizimiga qo‗shish
jarayonlari ham inobatga olinishi lozim.
O‗lchovlilik. Barcha kompaniyalar birdaniga axborot tizimiga ko‗p
pul sarflashga tayyor emaslar. Ushbu qoidaning ravshanligi xuddi shu
muammoning yana bir jihati noaniqligini ko‗rsatadi: qilinayotgan sarf-
xarajatlarning zoye ketmasligi uchun bugungi kunda sotib olinayotgan
tizim bir yil ichida, ikki yoki besh yilda kompaniyaning ortib borayotgan
biznes talablariga va rivojlanish strategiyasiga javob beradigan kafolatlarni
berishi lozim. Shu bilan birga, mijozlar sonining muntazam ortib
borayotganini ham hisobga olish zarur, mijozlar sonining ko‗payishi butun
axborot tizimini to‗liq almashtirishni yoki sezilarli darajada qayta tuzishni
talab qilishi kerak emas.
Tizimning amal qilish ko‗lami kengayishi, ya‘ni imkoniyatlarning
o‗sishini ta‘minlash qobiliyati bir nechta jihatlarni o‗z ichiga oladi.
Avvalo, bu miqdor jihatdan kengayish. Mijozlar soni qanchalik ko‗p
bo‗lsa, sug‗urtaning turlari ham ortib boradi. Mintaqaviy kengayish ham
juda muhim: tizim kompaniyaning yangi tashkil etilgan nuqtalarida
(filiallarida) oddiy va standart ishlashi kerak. Va nihoyat, funksional
kengayish, ya‘ni yangi sug‗urta mahsulotlarini qulay tarzda yaratish va
ulardan foydalanish qobiliyati mavjud bo‗lishi zarur.
Moliyaviy boshqaruv vositalarining mavjudligi. An‘anaviy ravishda
moliyaviy menejment, boshqaruv hisobi, tahliliy va byudjet tuzish bilan
bog‗liq bo‗lgan tizim tarkibiy qismlariga qiziqish ortib bormoqda. Har bir
ikkinchi potensial mijoz ushbu bloklarni axborot tizimining eng muhim
tarkibiy qismi, deb hisoblaydi. Bugungi kunda aksariyat kompaniyalar
tuzilmaviy shaklda ishlaydi va bir emas, balki bir nechta sug‗urta
mahsulotlarini sotadilar. Shu sababli, kompaniyalar uchun kim va qanday
pul topishi, uni nimaga va qancha miqdorda sarflashini aniqlash o‗ta
muhimdir. Mahsulotlarning qay darajada samaradorlikka olib kelishi ham
bir xil ahamiyatga ega.
Xalqaro hisob standartlariga muvofiqligi. Sug‗urta kompaniyasining
axborot tizimi kamida ikkita omilni hisobga olishi kerak – xalqaro
standartlarga muvofiqligi va doimiy o‗zgarib turadigan mamlakat
standartlariga muvofiqligi.
45
Aktuar hisob-kitoblarning alohida bloklarini yaratish imkoniyati.
Kompaniyaning ishonchliligi uning tahlil markazining sifati, ya‘ni
samarali vositalardan foydalangan holda tahlil va aktuar hisob-kitoblar
bilan shug‗ullanadigan odamlar tomonidan aniqlanadi. Har bir
kompaniyaning o‗ziga xos noyob tahlil jarayonlari mavjud. Shuning
uchun, aktuar hisob-kitoblarni ishlab chiqish uchun o‗ziga xos
algoritmlarni birlashtirish, shuningdek, ushbu hisob-kitoblar uchun zarur
bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plash va tuzish axborot tizimining muhim
talabidir.
Ochiqlik. Tizimning ochiqligi ilgari ishlab chiqilgan bir qator
talablarga javob beradi. Biroq maxsus modullar va bloklarni masshtablash
va birlashtirish imkoniyatlaridan tashqari tizimning ochiqligi uni doimo
o‗zgaruvchan biznes talablariga moslashtirishga imkon beradi.
|