O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana04.12.2023
Hajmi1,42 Mb.
#111086
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Суuуртада ахборот технологиялари 2022
Topshiriq, Milliy iqtisod, Yozef gaydn (1732-1809), 444, 1.02.15amaliy, 4 Маъруза, 1245434596 (3), Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish-azkurs.org, 12.1 Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsial va yarim o’qlar, 1699352098, 1891283, ISH REJA YUZI 2023, 2-konpekt, 3-9 compressed
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


71 
7-MAVZU. AXBOROT RISKLARINI SUG„URTALASH 
7.1. Axborot xavfsizligini ta‟minlashning iqtisodiy mohiyati va nazariy 
asoslari
Jahon iqtisodiyoti rivojlanish yo‗lida borar ekan, unda katta hajmdagi 
axborot oqimlariga bog‗liqligi o‗sib borishi tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Axborot va aloqa texnologiyalarining rivojlanishi bilan sub‘ektlar o‗rtasida 
turli xildagi axborot almashinuvi sohasida o‗zgarishlar yuz berdi, bu 
hozirgi jamiyatning ko‗plab masalalarini axborot texnologiyalari 
yordamida tezkorlik bilan yechish imkonini yaratdi. Shunday bo‗lsada, 
asosida dunyoviy va milliy axborot makoni yotgan hisoblash tizimlari va 
tarmoqlarining doimiy ravishda murakkablashib borayotgani hozirgi 
zamon jamiyati oldiga axborot xavfsizligini ta‘minlashday murakkab 
vazifani qo‗ymoqda. Ma‘lumotlarni muhofazalash texnologiyalari yil 
sayin takomillashib bormoqda, ammo himoyaning zaifligi kamayish 
o‗rniga doimiy ortib bormoqda. Zamonaviy iqtisodiyotning har qanday 
faoliyati axborot texnologiyalarining u yoki bu darajada qo‗llanishiga 
asoslangandir. Bank faoliyati ham, moliya bozorlari ham, biznes va ta‘lim 
tizimi ham, aholi va davlatning faoliyat yuritishi ham bir butun holda 
axborot texnologiyalari bilan bog‗liq. Chunki dunyodagi asosiy moliyaviy 
oqimlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali o‗tmoqda. Shuning uchun 
axborotni muhofazalash tizimlarini korxonalarda, investitsiyalarni jalb 
etishda, ishlab chiqarishni tashkil etishda ham zarurat tug‗ilmoqda. 
Axborot xavfsizligi asosan 3 ta masalani - maxfiylik, butunlik va 
ishonchlilik masalasini hal qilishga qaratilgan. Maxfiylik deganda, 
axborotni egasining ruxsatisiz yoki kalitisiz o‗qib bo‗lmaydigan holga 
keltirish va boshqa yo‗llar bilan axborotni muhofaza qilish tushuniladi. 
Butunlik deganda, axborot va dasturli ta‘minotning aniqligi va to‗liqligini 
muhofaza qilish tushuniladi. Ishonchlilik deganda axborotning to‗g‗ri 
qabul qilinish hamda axborot kim tomonidan yuborilganligini aniqlay 
bilish xususiyati tushuniladi
26
. D.A.Lavsov axborot xavfsizligini fuqarolar, 
alohida guruhlar va aholi ijtimoiy guruhlarining hayotiy faoliyati va ish 
yuritishlarida sifatli hamda muhofazalangan axborot resurslaridan 
foydalana olish imkoniyatini yaratish sifatida qaraydi
27
. U kelajakda inson 
26
O‘zbekiston Respublikasi ―Axborotlashtirish to‘g‘risida‖gi Qonun. 
27
Ловцов Д.А. Информационная безопасность больших эргатических систем: 
концептуальные аспекты. М., 1998. 


72 
axborot ―arbobi‖ sifatida yagona axborot muhitining tarkibiy qismiga 
aylanadi, deya qayd etadi. Shu munosabat bilan u quyidagi uchta: aqliy, 
hissiy va faoliyatga oid bilim turlarini egallashi lozim. Bugungi kunda 
davlat miqiyosida axborot xavfsizligiga ikkita yondoshuv mavjud. Ijtimoiy 
soha mutaxassislari axborot xavfsizligini maxfiy institutga taalluqli, deb 
hisoblaydilar. Boshqa tuzilmalar esa axborot xavfsizligini amalda axborot 
sohasi bilan tenglashtiradi. O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‗ra, 
axborot xavfsizligi deganda, uning axborot sohasidagi shaxs, jamiyat va 
davlatning muvozanatga keltirilgan manfaatlarining umumiyligi bilan 
belgilanadigan 
milliy 
manfaatlarining 
muhofazalanganlik 
holati 
tushuniladi
28
. Bugungi kunda axborot xavfsizligi va axborotni 
muhofazalashning ilmiy - metodologik asosini rivojlantirish masalasi o‗ta 
dolzarb hisoblanadi. Axborotni muhofaza qilish ham ichki, ham tashqi 
muhitdan kiradigan biron-bir axborot tizimining salbiy ta‘sirilardan, 
shuningdek, 
ko‗rilayotgan tizimdan tashqi muhitga chiqayotgan 
axborotning salbiy ta‘siridan himoyalashning ma‘lum usul va vositalarini 
qo‗llashdan iboratdir. Bu muammoning dolzarbligi shundan iboratki, 
axborot ham insonga, ham texnikaga ijobiy bo‗lgani kabi, salbiy tomondan 
ham juda katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Jumladan, kishilarda yomon 
kayfiyat qo‗zg‗ab, ularning axloqini buzishi, kompyuterga maxsus 
moslama o‗rnatish orqali esa tashqaridan turib uni safdan chiqarishi yoki 
uning ishini bo‗lib qo‗yishi mumkin. Bizning nazarimizda, axborot 
tahdididan 
himoyalash 
muammosi 
axborotni 
muhofaza 
qilish 
muammosidan ancha jiddiy, negaki, bu tahdidning ta‘sirini, odatda 
aniqlash qiyin, ya‘ni ular doim ham ochiq-oydin ko‗rinmaydi. Shu bilan 
birga, axborot tahdididan himoyalash texnik qarorlardan ko‗ra, birinchi 
navbatda tashkiliy va huquqiy xarakterdagi qarorlarni, buning ustiga ham 
davlat, ham davlatlararo, ham xalqaro doiradagi qarorlarni ishlab chiqishni 
va joriy etishni talab qiladi. Axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi 
axborot, kompyuter texnologiyalari sohasidagi, turli iqtisodchi va olimlar 
turlicha ta‘riflaydigan yangi tipdagi jamiyat va iqtisodiyotni shakllantirish 
sohasidagi zamonaviy axborotlashgan jamiyat shakllanishi tendensiyalari 
bilan belgilanadi. Amerikalik sotsiolog K.Krouford hozirgi zamon 
jamiyatini ― bilimlar jamiyati sifatida ta‘riflaydi. Bu jamiyatda asosiy rol 
bilimga beriladi, yangi bilim yangi texnologiyalarning paydo bo‗lishiga 
28
«Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон 
Республикаси Қонуни 12.12.2002 й. N 439-II. 


73 
olib keladi, bu pirovard natijada dunyoni yangicha ko‗rishning yuzaga 
kelishiga sabab bo‗ladi.
Hozirgi paytda dunyoda axborotlashgan jamiyat jadal shakllanib 
bormoqda. Bu quyidagilarda namoyon bo‗ladi
29
: birinchidan, an‘anaviy 
bozorlar (xom ashyo, mehnat bozorlari) bilan bir qatorda axborot bozori 
vujudga kelmoqda. Axborot texnologiyalari bozori eng dinamik rivojlanib 
borayotgan bozor hisoblanadi. Butun jahonda kompyuter texnikasiga 
bo‗lgan talab o‗sib bormoqda, dunyo telekommunikatsiyasi bozori yiliga 
milliardlab 
dollar 
daromad 
keltirmoqda. 
Ikkinchidan, 
axborot 
texnologiyalari jihatdan eng rivoj topgan mamlakatlar o‗z iqtisodiyotini 
noishlab chiqarish sektorini rivojlantirish uchun qayta ixtisoslashtirmoqda. 
Bu mamlakatlarda bilim, axborot ishlab chiqarish, axborot xizmati va 
mahsulotlari bilan bog‗liq bo‗lgan barcha sohalar an‘anaviy sanoatdan 
ko‗ra tez rivoj topmoqda va ularning iqtisodiy rivojlanishida yetakchi o‗rin 
tutmoqda. Uchinchidan, hamma joyda shaxsiy (personal) kompyuterlar, 
dasturiy ta‘minot, aloqaning turli tarmoqlari tarqalib bormoqda. 
To‗rtinchidan, barcha axborot resurslari, mahsulotlari, xizmatlari uchun 
erkin foydalanish ko‗lami kengayib bormoqda. Axborot inson uchun 
noyob va abadiy resursga aylanmoqda. Uning noyobligi hozirgi sharoitda 
faqat kuchayib bormoqda. Bizning nazarimizda, axborotning inson, 
jamiyat, iqtisodiyot uchun asosiy vazifasi va muhimligi undan foydalanish, 
unga murojaat etishdan iborat. Shu bilan birga axborot voqealar va 
hodisalar haqida xabar yetkazish manbai; qarorlar qabul qilishda resurs; 
jamiyat va insonga salbiy ta‘sir etuvchi manba; aqliy mulk ob‘ekti; tovar 
sifatida muomalada ishtirok etishi mumkin. Aynan bir sub‘ektdan 
boshqasiga turli shakllarda o‗tib, axborot qiymatga ega bo‗ladi. Axborot 
resurslari ishonchli axborotni samarali qo‗lga kiritish uchun tashkil etilgan 
ma‘lumotlar majmuini o‗zida ifoda etadi. O‗zbekiston qonunchiligiga 
ko‗ra, axborot resurslari – bu kutubxonalar, arxivlar, fondlar, ma‘lumotlar 
banki, axborot tizimining boshqa shakllarida joylashgan alohida hujjatlar 
va hujjatlar majmuidir. Axborot texnologiyasi - axborotni to‗plash, 
saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatishni ta‘minlaydigan, 
texnologik zanjirga birlashtirilgan ishlab chiqarish va dasturiy – texnologik 
vositalarining jami uslublaridir
30
. Axborot tizimi muayyan korxonada 
biznes yuritishning shakllangan modelini o‗zida namoyon qiladi. Uning 
29
Глобальное видение, как элемент выработки и принятие стратегических 
интересов. Доклад РИСИ. М., 1998. 
30
A.N.Aripov va boshq. Axborot kommunikatsion texnologiyalari izohli lug‘ati. 
Т.2004, 36-37 b. 


74 
yordamida bu yerda yuz berayotgan barcha asosiy jarayonlar aks etadi. 
Kompaniyaning axborot tizimi (yoki korporativ axborot tizimi) 
proeksiyalangan murakkab multimodelli ob‘ekt sifatida qaraladi va 
quyidagi an‘anaviy elementlarni o‗z ichiga oladi: tarmoq, kompyuter, 
telekommunikatsiya uskunalari; dasturiy ta‘minot, axborotni muhofazalash 
usullari; xizmat ko‗rsatmalari (instruksiyalari); ichki va tashqi kabel 
tarmoqlari. Fikrimizcha, axborot bozori axborot mahsulotlari va 
xizmatlari, axborot texnologiyalari savdosi bo‗yicha iqtisodiy, huquqiy va 
tashkiliy munosabatlar tizimini o‗zida ifoda etadi. Axborot bozorini 
axborot faoliyati natijasida yuzaga keladigan mahsulotlar oldi – sotdisi 
borasidagi iqtisodiy munosabatlarning majmui sifatida tushunish ham 
mumkin. Axborot riski korxona axborot tizimiga ichki va tashqi 
kompyuter hujumi tahdidini, buning natijasida tizimdagi axborotning, 
birinchi navbatda, maxfiy ma‘lumotlarning o‗g‗irlanishi, zarar ko‗rish yoki 
almashtirilishi xavfini o‗zida ifoda etadi. Ya‘ni, axborot riski – bu 
korxonalarda axborot texnologiyalarini qo‗llash natijasida yuzaga kelishi 
mumkin bo‗lgan zarar yoki shikast ko‗rishning ehtimollik darajasidir. 
Shunday qilib, axborot risklari elektron tashuvchilar va boshqa aloqa 
vositalari yordamida har qanday axborotni uzatish, saqlash, undan 
foydalanish bilan bog‗liq. Ilmiy va o‗quv adabiyotlarida so‗nggi paytlarda 
axborot aktivlari tushunchasini tez-tez uchratish mumkin. Qayd etish 
joizki, 
axborot 
aktivlari 
sub‘ektning (jismoniy shaxsning yoki 
korxonaning) qimmatli resursi hisoblanadi. Aktiv tushunchasining o‗zi pul 
qiymatiga ega bo‗lgan va mulk egasiga muayyan daromad keltiruvchi 
biron-bir mulk yoki ob‘ektni bildiradi. Hozirgi paytda aynan axborot 
ko‗pchilik xo‗jalik sub‘ektlari uchun u biznesda aniq foyda keltiruvchi 
asos hisoblanadi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish