9.2. Sug„urta kompaniyalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanish tajribalari
Bugungi kunda innovatsiya har qanday faoliyatning, shu jumladan,
sug‗urta tizimining ajralmas bo‗g‗ini hisoblanmoqda. Sug‗urta sohasiga
innovatsiyalarning kiritilishi sug‗urta xizmatlari bozorini rivojlantirish va
sug‗urta biznesini sifatli tashkil etishga ko‗mak beradi. Umuman olganda,
sug‗urta sohasidagi innovatsiyaga yangi sug‗urta mahsuloti va xizmatlarini
ishlab chiqish, shuningdek, axborot texnologiyalari asosida jami faoliyat
tizimini takomillashtirish sifatida qarash mumkin, bu esa o‗z navbatida
sug‗urta xizmatlari bozori sub‘ektlari o‗rtasidagi munosabatlar tizimini va
sug‗urta mahsulotining hayotiy siklini ta‘minlaydi.
Sug‗urta
xizmatlarining
ko‗rsatilishi
sug‗urtalovchi
va
sug‗urtalanuvchi o‗rtasidagi doimiy hamkorlik munosabatlarining qaror
topishini anglatadi va bu so‗zsiz sifatli sug‗urta mahsuloti ishlab
chiqilishiga bog‗liq bo‗ladi. Sug‗urtalanuvchilar bilan hamkorlikni saqlab
qolish uchun zarur bo‗lgan sifatga erishish sug‗urta shartnomasi davrida
innovatsiyalarning mavjud bo‗lishini talab qiladi.
Hozirda milliy sug‗urta kompaniyalarida zamonaviy axborot
texnologiyalarini jalb etish bo‗yicha keng ko‗lamdagi tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil
3 apreldagi 2158-sonli ―Iqtisodiyotning real tarmoqlariga axborot
texnologiyalarini kiritish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori ijrosini
ta‘minlash bo‗yicha tadbirlar majmuasi amalga oshirilmoqda. Bunda
asosiy e‘tibor hujjatlar almashish tizimiga, moliya-xo‗jalik faoliyatiga,
ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlariga axborot–kommunikatsiya
texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng jalb qilishga qaratilgan.
Ayni paytda xizmatlar sifatini oshirish, moddiy-texnika resurslaridan
94
foydalanish, mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni yo‗lga qo‗yish bo‗yicha
zamonaviy axborot tizimi va dasturiy mahsulotlarni sohaga keng jalb etish
natijasida sug‗urta xizmatlarining tannarxini pasaytirish yuzasidan keng
ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sug‗urta kompaniyalarida
―Moliyaviy hisob va hisobotlarni, mijozlar bilan ishlash, sug‗urtaning
ishlab chiqarish va texnik faoliyatini kompyuterlashtirish bo‗yicha axborot
tizimini kompleks ravishda jalb etish‖ loyihasi keng qo‗llanilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida kompaniyaning barcha biznes jarayonlarini
kompyuterlashtirish ko‗zda tutilgan. Ushbu loyihada ishlab chiqarish va
boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini o‗rganish, texnik
masalalarni hal etish, axborot tizimini ishlab chiqish bo‗yicha tanlovlar
o‗tkazishni tasdiqlangan tarmoqli grafik bo‗yicha amalga oshiradi.
Mazkur loyiha doirasida sug‗urta biznesini avtomatlashtirish
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta
polisini rasmiylashtirgan va o‗z mobil telefon raqamini taqdim etgan
kompaniyaning har bir mijozi SMS-xabarga ega bo‗ladi, unda transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi polisining
raqami, uning amal qilish davri va to‗langan summa aks etgan bo‗ladi.
Ushbu tadbir sug‗urta xizmatlari iste‘molchilarining polis haqiqiyligi va
uning tannarxi to‗g‗ri hisoblab chiqilganligiga ishonch hosil qilishiga
yordam beradi. Buning negizida kompaniyaning barcha mijozlariga polisni
rasmiylashtirish sanasi va uning telefon raqamlari mavjudligidan qat‘iy
nazar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy
sug‗urtasi polisining muddati tugashidan 5 va 1 kun oldin mazkur
polisning muddati oxirlayotgani hamda yangi muddat uchun polisni
rasmiylashtirish taklifi aks etgan SMS-xabar jo‗natiladi. Ushbu tadbir
mijozlarning muddati tugagan sug‗urta polislari natijasida jarimalar
to‗lashi kabi noqulay holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Mijozlarga xizmat ko‗rsatish bazasi sug‗urta kompaniyalari
faoliyatida eng muhim elementlardan biri hisoblanadi. Aynan servis
darajasi sug‗urta xizmatlariga bo‗lgan talabning oshishiga bevosita ta‘sir
ko‗rsatadi. Xizmat ko‗rsatish darajasini oshirish uchun esa mijozlarning
aniq bir sug‗urta mahsuloti yoki xizmati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z
vaqtida va qulay usulda olish imkoniyatlarini oshirish lozim. Ayni paytda
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasini
amalga oshiruvchi barcha sug‗urta kompaniyalari tomonidan transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi bo‗yicha
sug‗urta mukofotini hisoblash bo‗yicha ―Kalkulyator OSGO‖ mobil
95
ilovasi ishlab chiqilgan. Mazkur ilova foydalanuvchiga mustaqil ravishda
transport vositalari egalarining FJMS polisi narxini hisoblash imkoniyatini
beradi. Hisob-kitob FJMSning shartlari va o‗rnatilgan qonunchilikka
asosan olib boriladi. Shuningdek, u FJMS polislarini sotuvchi sug‗urta
agentlari hamda O‗zbekiston Respublikasining istagan sug‗urta
kompaniyasidan sug‗urta polisini sotib olgan iste‘molchilarning sug‗urta
mukofoti to‗g‗ri hisoblab chiqilganligini tekshirishi uchun foydali unsur
bo‗lib hisoblanadi. Ilovadan foydalanish va uni kompaniya veb-saytidan
ko‗chirib olish tekin hisoblanadi.
Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, 2014 yil noyabr oyida
avtomatlashtirish, aynan esa onlayn rejimida internet tarmog‗i orqali
kompaniya xizmatlarini taqdim etish bo‗yicha yana bir bosqich
yakunlandi. Onlayn rejimidagi sug‗urta xizmatini olishi uchun mijoz
kompaniya saytida o‗z mobil telefon raqamini ko‗rsatgan holda ro‗yxatdan
o‗tishi lozim. Ro‗yxatga olish muvaffaqiyatli kechsa mijozga shaxsiy
virtual xona ajratiladi va unda balansni nazorat qilish, sug‗urta
xizmatlaridan foydalanish, ma‘lumotlarni so‗rash va sug‗urta hodisasi
haqida xabar berish imkoniyatlari mavjud bo‗ladi.
Bugungi kunda sug‗urta bozori mijozlari mazkur onlayn rejimida
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi,
shuningdek baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash turlaridan ―Bolajon‖,
―Salomatlik‖ va ―Oilaviy‖ dasturlari bo‗yicha foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, sug‗urta xizmatlari uchun to‗lovlarni amalga oshirish
ham ko‗zda tutilgan. MBank tizimidan foydalanish chog‗ida mijoz ish
joyidan uzoqlashmagan holda o‗z plastik kartochkasi orqali sug‗urta
mahsuloti yoki xizmati uchun to‗lovni veb-sayt orqali to‗lash imkoniyatiga
ham ega. Mazkur xizmat mijozning vaqtini tejaydi, shuningdek to‗lov
punktlariga murojaat etmagan holda qulay usulda to‗lovni amalga oshirish
imkoniyatini beradi.
Ilg‗or tajribaga ega hisoblangan Yevropaning yetakchi davlatlarida
sug‗urta kompaniyalari tizimini tashkiliy tuzilishi va taqsimlanishining
asosiy mezonlaridan biri barcha mijozlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
mijozlar bazasida ro‗yxatga olishning umumiy tarkibiy dasturiy vositalari
joriy qilinganligidir. Bu esa mijozga tegishli bo‗lgan shartnomalarni
tiklash, yangilash, asosiy sanalar, sug‗urta ta‘minotini to‗lash tarixi,
taqdim etilgan chegirmalar, mazkur mijozga biriktirilgan xodimlar
(menenjer, agent) to‗g‗risidagi axborotlarga o‗z vaqtida ega bo‗lishga,
qisqa vaqt ichida sifatli xizmat ko‗rsatilishiga imkon beradi.
96
Mijozga xizmat ko‗rsatishning barcha davrlari avtomatlashtirilgan
bo‗lib, shartnoma tuzishdan boshlab sug‗urta ta‘minoti to‗lovlari va
keyingi xizmat ko‗rsatishlar bo‗yicha majburiyatlarni bajarish bilan
tugallanadigan uzluksiz tizimga solingan. Xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar
bilan o‗zaro hamkorlik taktikasi O‗zbekistonning ko‗plab sug‗urta
kompaniyalarida hujjat aylanishlar boshqaruvning chiziqli-funksional
tuzilishi asosida amalga oshirilmoqda, bu esa ularning raqobatbardoshligi
o‗sishiga to‗sqinlik qilmoqda. Bugungi kunda aholiga xizmat ko‗rsatish
sohasini yanada kengaytirish g‗oyat muhim ahamiyatga ega. Bunday
tarmoqlar tashqi konyunkturaga ham, ob-havo sharoitiga ham bog‗liq
emas, ya‘ni tashqi omillarning o‗zgarishi ularga ta‘sir ko‗rsata olmaydi.
Ayni paytda bu xizmatlar mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
ko‗plab turlariga ichki talabni oshiradi, shuningdek, iste‘mol bozorida
mutanosiblikni saqlashda muhim rol o‗ynaydi‖. Bunday holat ayniqsa
ko‗p filialli, ko‗p tarmoqli sug‗urta kompaniyalarida qoniqarsiz ahvolda
bo‗lib, bu tashkil qilishning ichki va tashqi o‗zgarishlarga moslashuvchan,
tezkor va to‗liq ma‘noda e‘tibor berishga imkon bermaydi.
Nazariya va amaliyotda biznes-jarayonlar hamda ularni doimiy
takomillashtirish
tushunchalari
mahsulot
va
xizmatlar
bozorida
kechayotgan uzluksiz o‗zgarishlar bilan bog‗liqdir. Shu bilan birga,
nafaqat mahsulotlarning o‗ziga, balki ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatiga
ham talablar ortib bormoqda. Oqibatda sug‗urta xizmatlari bozoridagi
rivojlanish kam sonli cheklangan kontingentga ega mijozlar mavjudligi
sharoitida sug‗urta kompaniyalari o‗rtasida raqobatning kuchayishiga olib
keladi.
Ikkinchidan, biznes yuritishning ichki va tashqi sharoitlari birdaniga
o‗zgarib ketadi, bu esa bozorda yangi qoidalar asosida ish yuritish
muammolarini
keltirib
chiqaradi
va
oqibatda,
O‗zbekiston
sug‗urtalovchilari doimiy o‗zgaruvchan sharoitda faoliyat olib borishiga
to‗g‗ri keladi.
|