|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti Pdf ko'rish
|
bet | 231/342 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 7,53 Mb. | | #118127 |
Bog'liq MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7) → AD↓
real qiymati
Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda
tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib
borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab
kamayadi va oʻz navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga
boʻlgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi
importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga talab
oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga
ta’sir koʻrsatadi.
P↑→
X↓ ( M↑
→Xn↓ →AD↓
Yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb
ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan
omillari ham mavjud. Bu omillardagi oʻzgarishlar yalpi talabning
miqdorida oʻz aksini topadi va uning egri chizigʻini chapga yoki
oʻngga siljitadi.
448
Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillariga
quyidagilarni kiritamiz:
Iste’mol xarajatlaridagi oʻzgarishlar:
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining oʻzgarishi;
b) iste’molchilar kutishi;
d) iste’molchilarning qarzlari miqdorining oʻzgarishi;
e) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining
oʻzgarishi.
Investitsiya xarajatlaridagi oʻzgarishlar:
a) foiz stavkasidagi oʻzgarishlar;
b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining oʻzgarishi;
d) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi;
e) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi;
f)zaxiradagi quvvatlar oʻzgarishi.
Davlat xarajatlarining oʻzgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va
yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda:
Sof eksport hajmidagi oʻzgarishlar:
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining oʻzgarishi;
b) valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari
yalpi talabning narxlarga bogʻliq boʻlmagan yana ikki omilini beradi.
Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ta’sirida AD
egri chizigʻi oʻngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum baho
darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi
oʻzgaradi.
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa
davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining
ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning
pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va
yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizigʻining
oʻngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha boʻlgan holatlarda AD
egri chizigʻi chapga siljiydi.
|
| |