Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Nazorat savollari 


443 
1. Inflyatsiyaning mohiyati faqatgina muomaladagi pul massasining 
ortiqchaligi bilan izohlanishi toʻgʻrimi?
2. 
Inflyatsiyani 
tushuntirib 
berishda 
keynchilarning 
va 
neoklassiklarning yondashuvlari qanday farq qiladi? 
3. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari qanday? 
4. Talab inflyatsiyasi qanday sodir boʻladi? 
5. Taklif inflyatsiyasiga izoh bering? 
6. Fillips egri chizigʻi qaysi koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni 
koʻrsatadi? Bu bogʻliqlik qanday tavsiflanadi? 
7. Aksilinflyatsiya siyosatining mohiyatini tushuntirib bering. 
8. Inflyatsiya soʻzining ma’nosi nima?
9.Inflyatsiyaning haqiqiy darajasi qanday aniqlanadi? 
10.Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda nima sababdan inflyatsiyaning
yuqori darajasi kuzatilmoqda. 


444 
 
 
XXII BOB. YALPI TALAB-YALPI TAKLIF MODELI
22.1. Yalpi talab - yalpi taklif modeliga umumiy tavsif 
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif oʻrtasidagi nisbatga 
bogʻliq boʻlib, ular hajmlarining oʻzgarishi baholarning oʻzgarishini 
keltirib chiqaradi. Baholarning oʻzgarishi esa talab va taklif 
hajmlariga 
ta’sir 
koʻrsatadi. 
Bunday 
oʻzaro 
bogʻliqlik 
umumlashtirilgan holda koʻrib chiqiladigan milliy bozorga ham 
taalluqlidir. 
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bogʻliqlik talab va 
taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo 
makrokoʻlamda milliy ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi bilan birga 
baholar umumiy darajasining oʻzgarishi oʻrtasida bogʻliqlikni tadqiq 
qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda 
barqaror oʻsishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish 
uchun bu modellardan foydalanib boʻlmaydi. 
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS 
aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. 
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat 
koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. 
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va 
baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining 
oqibatlarini oʻrganish uchun bazaviy model boʻlib hisoblanadi. AD-AS 
modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab 
berilishi mumkin. 
Yalpi talab – uy xoʻjaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik 
xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab 
chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga boʻlgan 
talabidir. 


445 
Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab 
chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan 
umumiy xarajatlar yigʻindisidir. Formula koʻrinishida yalpi talabni 
quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 7,53 Mb.
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish