• - β [ u -u  ] + ε
  • Yh – Yp   =   kut + f  ( ------------- ) + ε




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet227/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Yh – Yp 



    kut + f  ( ------------- ) + ε 
    Yp 
    Bu yerda 

    – inflyatsiyaning haqiqiy darajasi;

    kut – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;
    Yh – Yp 
    ( ------------- ) + ε -  talab inflyatsiyasi; 
    Yp 
     
    f – Fillips egri chizigʻining ogʻish burchagini belgilovchi empirik 
    koeffitsiyent; 
    ε  tashqi baho shoki (taklif inflyatsiyasi). 
    Ouken qonuniga koʻra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp 
    miqdor davriy ishsizlikning oʻzgarishiga bogʻliqligi sababli qisqa 
    muddatli Fillips egri chizigʻini tenglamasini quyidagicha tasvirlash 
    mumkin: 

    =

    kut - β [ u -u

    ] + ε 
    Keltirilgan tenglamadan koʻrinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya 
    darajasi miqdori kutilayotgan inflyatsiya darajasiga hamda tashqi baho 
    shoklari darajasi bilan toʻgʻri bogʻliqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan 
    esa teskari bogʻliqlikka ega ekan.
    Hukumat Fillips egri chizigʻiga asoslanib, qisqa davr uchun
    iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya 
    darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin. 
     
     


    440 
    21.4. Aksilinflyatsiya siyosati
     
    Makroiqtisodiy 
    barqarorlikni 
    ta’minlash 
    borasidagi 
    chora 
    tadbirlarning muhim qismi aksilinflyatsiya siyosatidir. 
    Aksilinflyatsiya 
    siyosati 
    – 
    baholar 
    umumiy 
    darajasini 
    barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yoʻnaltirilgan 
    makroiqtisodiy siyosat. 
    Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni 
    tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga 
    qaratilgan passiv koʻrinishda boʻlishi mumkin.
    Aksilinflyatsiya siyosati oʻz ichiga quyidagilarni oladi: 
    - yalpi talabni tartibga solish; 
    - yalpi taklifni tartibga solish. 
    Keynschi iqtisodchilar birinchi yoʻnalish tarafdorlari boʻlib, ular 
    davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni 
    shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini koʻtarish mumkin deb 
    hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi 
    va ishsizlikni kamaytiradi. 
    Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini 
    yuzaga keltiradi va qoʻshimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tugʻdiradi. 
    Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq 
    muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. 
    “Aksilinflyatsiya siyosatining monetaristik yoʻnalishi tarafdorlari 
    keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash boʻyicha 
    takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib 
    qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi 
    haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal 
    aksilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya 
    tipidagi pul islohoti oʻtkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini 
    ijtimoiy dasturlarni qisqartirishni kamaytirishni taklif etishdi”
    *
    .
    Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bogʻliq hodisa boʻlganligi 
    sababli shok terapiyasi pul massasining oʻsish sur’atlarini keskin
    *
    Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство 
    “Дело и сервис”, 2005. с. 214.


    441 
    qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo 
    bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin. 
    Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi koʻrinishlaridan biri boʻlib 
    daromadlarning va baholarning nominal darajalarini oʻzgartirmagan 
    holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga almashtirishtirish 
    hisoblanadi.
    Bunday tadbirlar aholi tomonidan ogʻir qabul qilinishi sababli,u 
    qisqa muddatda samara berishi zarur. 
    Monetaristlar 
    tomonidan 
    taklif 
    qilinayotgan 
    aksilinflyatsiya 
    siyosatining yana bir koʻrinishi – inflyatsiya sur’atlarini asta-sekinlik 
    bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflyatsiya 
    sur’atlari pul massasini koʻp marotaba, lekin oz-ozdan kamaytirish orqali
    pul massasining oʻsish sur’atini pasaytirishni koʻzda tutadi. Graduallash 
    usuli inflyatsiyani asta-sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur 
    pasayishni oldini olish imkonini beradi.
    Graduallash usulini qoʻllash pul massasi va baholar darajasining 
    yillik oʻsish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli boʻladi, 
    deb hisoblanadi. 
    Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil boʻlgan
    variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir.
    Bu 
    usul 
    daromadlarning 
    oʻsishi va baholarning oʻsishini
    muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) koʻzda tutadi.
    Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish
    hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini 
    muzlatib qoʻyish, pul koʻrinishidagi ish haqining oʻsishini oʻrtacha 
    mehnat unumdorligining oʻsishiga bogʻlab qoʻyish orqali amalga 
    oshiriladi. 
    “Soliqlar tarkibini oʻzgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi
    toʻgʻridan-toʻgʻri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar 
    ulushini koʻpaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning 
    ragʻbatlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini 
    pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari 
    hisoblanadi”
    *

    *
    Киселёва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.:КНОРУС,2007, с.62. 


    442 
    Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya 
    jarayonlarining xususiyatiga bogʻliq. 
    Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat 
    quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

    samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baqarorligini; 

    pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi oʻsish 
    sur’atlarini; 

    inflyatsiyani import qilishga yoʻl qoʻymaslik.
    Har 
    qanday 
    inflyatsiyaning 
    negizida 
    asosiy 
    iqtisodiy 
    muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflyatsiyaga qarshi 
    kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga 
    kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy 
    siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning 
    inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni koʻrsatdiki, ular inflyatsiya 
    bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas 
    bogʻliq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy boshqarish va 
    toʻlovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina 
    cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya 
    dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu 
    nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi 
    sabablarni bartaraf etish imkonini berdi. 
    Keyingi yillarda jahon bozorida narxlar darajasining keskin oshib 
    borayotganligi aksilinflyatsiya siyosatini yanada takomillashtirish 
    zaruratini yuzaga keltirdi. 
    Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-
    tadbirlar dasturida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan 
    ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil 
    davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, asosiy sanoat 
    tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish, kommunal 
    xizmatlar baholari oʻsishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank 
    tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
    va h.k.lar inflyatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yh – Yp   =   kut + f  ( ------------- ) + ε

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish