438
baholar darajasining koʻtarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi
roʻy beradi.
Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni oʻrnatuvchi
vosita
hisoblanadi va uning darajasini oʻzgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir
koʻrsatadi. Bu ikki koʻrsatkich oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliklik ingliz
iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan, Buyuk Britaniyaning 1862–1957-
yillar ma’lumotlari asosida tadqiqot
qilingan hamda grafikda Fillips
egri chizigʻi deb aks ettirilgan. Modomiki, ish haqi va narxlar
oʻzgarishining sur’atlari oʻrtasida
bir xil nisbat mavjud ekan, u holda
Fillips egri chizigʻi oʻz mohiyatiga koʻra inflyatsiya va ishsizlik
oʻrtasidagi bogʻliqlikni
aks ettiradi, ya’ni inflyatsiyaning oʻsishi
sur’atida ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va aksincha. Muhim
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrtasida barqaror va oldindan koʻrish
mumkin boʻlgan bogʻliqlikni oʻrnatish Gʻarb mamlakatlarining milliy
iqtisodiyotini tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini berdi.
Fillips egri chizigʻi ishsizlik va inflyatsiya darajalari oʻrtasidagi
teskari bogʻliqlikni xarakterlaydi. Yuqori
darajadagi kutilayotgan
Inflyatsiya
21.5-Chizma.
Fillips egri chizigʻi
Mamlakat
iqtisodiyotining
xususiyatiga
koʻra,
shuningdek,
inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizigʻidagi
inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi
Inflyatsiya
|Ishsizlik
Yuqori darajadagi kutilayotgan
Inflyatsiya
Past darajadagi kutilayotgan
Inflyatsiya
439
mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bogʻliq.
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori boʻlsa ishsizlikning
har qanday darajasida (sur’ati past boʻlgan
inflyatsiya darajasiga
nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori boʻladi. Ishsizlik darajasi va
inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula koʻrinishida
tasvirlanishi mumkin: