437
Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma
ishchilar kutilayotgan
inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat
shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif
inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar
taklifning kamayishini
kuzatayotgan
iqtisodiy
agentlar
pul
mablagʻlarini
tovarlarga
aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi koʻrinishini
keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani
keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib boʻlmaydigan
inflyatsiya jarayoni boʻlib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga
halokatli ta’sir koʻrsatadi. Yillik sur’ati bir necha oʻn
yoki yuz foizni
tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki
kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini,
butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning
rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan.
F.Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb
baholarning birinchi bor
50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa, baholarning oʻsishi bu
sur’atdan pasaygan va shundan soʻng kamida
bir yil davomida undan
oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan.
Giperinflyatsiya sharoitida pul oʻzining qiymat oʻlchovi va almashinuv
vositasi singari funksiyalarini bajara olmay qoladi. Normal iqtisodiy
munosabatlar buziladi. Mablagʻlar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-
moddiy boyliklari jamgʻarishga yoʻnaltiriladi.