Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

YUZ= -2,5[ u -u


bu yerda: u

– ishsizlikning tabiiy darajasi; 
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi. 
YaMM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini 
formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: 
 
Yh – Yp 
------------- 100 = - β [ u -u


Yp 
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bogʻliqlikning teskari jihatiga 
e’tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki YaIMning 2-3 
foizga oʻsishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib 
chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy oʻsish fan-texnika 
taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga 
erishilishi mumkin, shuningdek, bu paytda aholi sonining koʻpayishi 
ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab boʻladi. Dastlabki 2-3 
foizdan yuqori boʻlgan har 2-3 foiz iqtisodiy oʻsish esa davriy ishsizlikni 
1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy 
ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy oʻsish ta’minlanishi 
kerak.
 


429 
20.3. Oʻzbekistonda mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish 
Mehnat bozorining faoliyati quyidagi omillarga koʻp jihatdan 
bogʻliq: 
♦ 
aholi soni, yoshi va jinsining salmogʻidagi oʻzgarishlarga; 
♦ 
ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud oʻzgarishlariga; 
♦ 
qoʻshimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish 
mezoniga; 
♦ 
ishlab chiqarish hajmiga, uning oʻsish sur’atiga, ishlab chiqarish 
strukturasiga; 
♦ 
ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga; 
♦ 
mehnat resurslarini boshqarish usuliga. 
Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillarning ta’sirida 
oʻzgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boʻlgan talab va 
taklif hajmi aniqlanadi. 
Misol uchun, mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab 
taklifdan koʻproq boʻlsa, bozorda ishchi kuchining qoʻshimcha 
manbalaridan qoʻshimcha taklif etiladi. Qoʻshimcha manbalari boʻlib 
mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, oʻquvchilar hisoblanadi. 
Ishga joylash idoralarining faoliyatlari kuchaytiriladi va 
takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qoʻshimcha, ishchi kuchining 
oqib kelishi ragʻbatlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi olinadi 
va h.k. 
Agarda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan 
kam boʻlsa, qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini 
koʻpaytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yoʻllaridan foydalanish, 
boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish mexanizmlaridan 
foydalaniladi. 
Agarda ishchi kuchiga boʻlgan talab taklif bilan teng boʻlsa va 
muvozanat oʻrnatilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruktsiya va 
modernizatsiya qilish, ish vaqtini yuqotishni kamaytirish, ishchilarning 
malakasini oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish va ish xaqini samarali 
tashkil etish zarurati kelib chiqadi. Bu esa ish bilan bandlikning 


430 
samaradorligini oshirish bilan birga makroiqtisodiyotning oʻsish 
sur’atlarini jadallashtiradi. 
Bozordagi talab va taklifni tartibga solish uchun iqtisodiy 
mexanizm modelidan foydalaniladi. U quyidagi elementlardan tashkil 
topadi: 

koʻp bosqichli ish tanlash, oʻqitish va qayta tayyorlash 
tizimi; 

keng koʻlamli ish bilan bandlik markazlari. Bu markazlarda 
doimo boʻsh ish joylarini qidirayotgan ishsizlar hisobi olib boriladi
kadrlar zarur boʻlgan korxonalarga ishchi kuchi yetkazib berishga 
hamkorlik qiladi; 

alohida ijtimoiy-demografik qatlamlardagi aholining ish 
bilan bandligi maxsus dasturlari; 

Respublika va mahalliy mehnat bozoridagi holatni doimo 
prognoz qilish va oʻrganish uchun ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi. 
Oʻzbekistonda mehnat bozoriga aholining quyidagi guruhlari 
kiradi: 

oʻqishni bitirib birinchi marotaba ish qidirib yurgan yoshlar; 

tarmoq korxonalaridagi strukturaviy oʻzgarishlar natijasida 
ishsiz boʻlib qolgan xodimlar. Shuningdek, davlat sektorini 
xususiylashtirish va boshqa mulkchilikka oʻtishdan kelib chiqqan 
ishsizlar; 

raqobatda singan va past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan 
korxona va tashkilotlar; 

vaqtincha ishsiz yurgan va mehnat birjalari koʻmagida yangi 
ish joyi qidirib yurgan shaxslardan iborat. 
Mehnat birjalarida ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, qayta 
tayyorlash va shu kabi bir qancha masalalar hal qilinadi. Mehnat 
birjalari hozirgi paytda respublikamizning viloyatlari va uning 
tumanlarida faoliyat koʻrsatmoqda. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish