|
mehnatga boʻlgan talabning egri chizigʻi quyidagi koʻrinishga ega Pdf ko'rish
|
bet | 218/342 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 7,53 Mb. | | #118127 |
Bog'liq MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)mehnatga boʻlgan talabning egri chizigʻi quyidagi koʻrinishga ega
boʻladi (5.1 chizma).
20.1-chizmadan koʻrinib turibdiki, egri chiziqning salbiy tomonga
ogʻish tendensiyasi mavjud. Real ish haqini qisqartirish natijasida
mehnatga boʻlgan talab oshmoqda va aksincha, real ish haqi oshsa,
mehnatga boʻlgan talab kamayadi.
Endi mehnatning taklif funksiyasiga kelsak, bu yerda individ
oʻzining samarali xizmatini taklif qiladi. Individ oʻz xizmatini ish
haqining puldagi ifodasidan kelib chiqib emas, balki ish haqining
oʻlchovlaridan kelib chiqib taklif qiladi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish
davrida ishlab chiqarish resurslari toʻliq foydalanilmay qoladi. YaIMni
yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri
boʻlgan mehnat resurslaridan toʻliq foydalanilmaslik ishsizlikda
namoyon boʻladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas, balki ishchi kuchi
kategoriyasidan koʻproq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli
yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni
tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif
qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi
hajmi oshsa ishchi kuchiga boʻlgan talab qisqaradi, agar real ish haqi
hajmi kamaysa ishchi kuchiga boʻlgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi
esa kamayadi. Ishchi kuchiga boʻlgan talab miqdorining ishchi kuchi
taklifi miqdoridan kam boʻlishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi boʻlib, ijtimoiy ishlab
chiqarishda band boʻlmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish
qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (%
hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
|
| |