424
XX BOB. ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK
20.1. Mehnat bozori va undagi raqobat
Mehnat bozorida ham talab va taklif qonuniga amal qilinadi.
Mehnat bozorida ishchi kuchini raqobat sharoitida oldi-sotdisi amalga
oshiriladi. Bunda oʻziga xos muvozanat narx oʻrnatiladi.
Mehnat
bozoridagi talab va taklif qonuni va uning mohiyatini anglashdan oldin
ishchi kuchining ish bilan bandligi konsepsiyasini bilishimiz lozim.
Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini yoritishda hozirgi
mehnat bozoridagi raqobat sharoitida “talab va taklif”ning
umumbashariy funksiyasidan boshlaymiz.
Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ishchi kuchidan shunday
miqdorda foydalanadilarki, bunda mehnatning
yuqori mahsuli real ish
haqi bilan teng boʻlishi yoki ish haqi hajmining puldagi ifodasi
mehnatning yuqori mahsuli qiymatiga teng boʻlishi kerak. Agar real ish
haqi
hajmi oshsa, ishbilarmon ishchi kuchiga boʻlgan talabini
qisqartiradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga boʻlgan
talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yoʻl
bilan daromadining
kamayishini muvozanatlashtiradi.
20.1-chizma.
Mehnat bozoridagi talab egri chizigi