• Tarkibiy ishsizlik.
  • Davriy ishsizlik
  • Toʻla ish bilan bandlik
  • Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet219/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 
    Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: 


    426 
    Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida 
    ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu 
    turi asosan ish yoki turar-joylarni oʻzgartirish, oʻquv yurtlarini tugatish 
    va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud 
    boʻlib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi. 
    Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish 
    strukturasining oʻzgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining 
    oʻzgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini 
    oʻzgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim 
    boʻlgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy 
    ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va 
    tajriba mavjud boʻladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib 
    olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa 
    olmaydi.
    Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida 
    ishchi kuchiga boʻlgan talabning kamayishidan paydo boʻladi. Davriy 
    pasayish tovar va xizmatlarga boʻlgan yalpi talabning kamayishini, 
    shunga muvofiq, yalpi talabning kamayishini va oqibatda aholining ish 
    bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning oʻsishini bildiradi. 
    Toʻla ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan 
    ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali 
    ishsizlik ilojsiz hol boʻlganligini hisobga olsak, biz mutlaq toʻla ish bilan 
    bandlilikka erishib boʻlmasligini tushunamiz. 
    Agarda davriy ishsizlik boʻlmasa, u holda toʻla ish bilan bandlilikka 
    erishiladi. Toʻla ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning 
    tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni boʻsh ish joylari 
    soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi
    friksion va tarkibiy ishsizlik yigʻindisiga teng boʻladi. 
    Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy 
    vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi oʻn yilda mavjud 
    boʻlgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi oʻn yil uchun prognoz qilib 
    hisoblangan 
    ishsizlik 
    darajalarining 
    oʻrtacha miqdori sifatida 


    427 
    belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish 
    qidirib yurgan ishsizlarga boʻlinadi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish