421
jihatdan cheklashlar va aholining kambagʻal qatlamlari ehtiyojlarini
hisobga olishdir.
Deyarli barcha mamlakatlarda davlat siyosati iqtisodiy oʻsishning
quyidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
♦
iste’mol darajasi yuqori boʻlgan iqtisodiyotning barqaror
holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamgʻarish me’yorlarini
tanlash;
♦
aholi oʻsishini tartibga solish;
♦
fan-texnika
taraqqiyotining
ekologiya
jihatdan
xavfsiz
yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish.
Iqtisodiy oʻsishning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi kuchayib borishi
bilan iqtisodiy nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida
yanada aniqlanmoqda va kengaytirilmoqda.
Agarda, ilgarilari uni moddiy ta’minlanganligining miqdoriy
koʻrsatkichlarini (aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan milliy mahsulot va
daromad,
oziq-ovqat mahsulotlari, asosiy noishlab chiqarish tovarlari,
xizmatlar, turar-joy va boshqalar iste’moli) aks ettirgan boʻlsa, hozirda
birinchi oʻringa oʻrtacha umr koʻrish darajasi, oʻlim darajasi, shu
jumladan bolalar oʻlimi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi,
ta’lim darajasi, atrof-muhitning
ahvoli va boshqa shu kabi
koʻrsatkichlar qoʻyilmoqda. Ya’ni iqtisodiy oʻsish shaxsning rivojlanib
borishi uchun sharoit yaratib berishi lozim.
Iqtisod bir maromda rivojlanmaydi, unga notekis taraqqiyot ham
xos. Tarixda har doim iqtisodiy oʻsish oʻrniga turgʻunlik va xatto
tushkunlik kelgan, soʻngra yana iqtisodiy oʻsish boʻlgan. Iqtisoddagi
shunday tebranma harakat ma’lum davrlarda takrorlanib turgan.
Iqtisodiy dinamikadagi koʻtarilish va pasayish hodisalarini oʻz ichiga
oluvchi, iqtisodning tebranib turishi bilan xarakterlanuvchi davr
iqtisodiy oʻsish sikli deyiladi. Iqtisodiy nazariyalarda
sikllar har xil
talqin etilgan. Ba’zi manbalarda siklli rivojlanish faqat kapitalizm
belgisi deb qaralgan, sikl inqirozdan inqirozgacha boʻlgan davr sifatida
baholangan, unda krizis, turgʻunlik, jonlanish va yuksalish fazalari
mavjudligi qayd etilgan. Bu nazariyada krizis siklning boshlangʻich
422
nuqtasi deb olingan. Mazkur nazariya XIX asrdagi siklli rivojlanishga
xos hodisalarni umumlashtirgan, ammo sikllarning umumiy hodisa
ekanligini e’tibordan qochirgan. Hozirgi zamon nazariyalarida iqtisodiy
sikllarning mavjudligi tan olinadi, sikl iqtisodiy oʻsishga xos tebranma
harakat deb talqin etiladi, ammo uning sabablari har xil izohlanadi.
Sikllar
azaldan mavjud, ular iqtisodiyotning hamma turlariga xos
boʻlgan, ammo iqtisoddagi tebranma harakat turli davrda va turli
shaklda namoyon boʻlgan. Qadimgi Dunyo va Oʻrta asrlar
iqtisodiyotidagi tebranma harakat asrlar davomida yuz bergan, chunki
iqtisodiy oʻsish omillari kuchsiz boʻlganidan ulardagi sifat oʻzgarishi
sekin borgan va bu omillar iqtisodiyotga faol ta’sir eta olmagan.
Iqtisodiyot qoloq boʻlganidan, uni rivojlantirish uchun investitsiya
yetishmagan, buning ustiga investitsiyalar
yangi texnologiyani joriy
etish bilan bogʻliq boʻlmagan, chunki uning oʻzi asrlar davomida
kamdan-kam oʻzgargan. Kishilar tabiiy kuchlardan (masalan, shamol,
suv kuchi) foydalanishni oʻrganishlari uchun koʻp asrlar kerak boʻlgan.
Taraqqiyot sust borganidan sikl oʻta uzun boʻlgan. Iqtisodiyotning
koʻtarilishi va pasayishi sekin-asta boʻladigan kashfiyotlar, tabiiy ofatlar
va urushlar bilan bogʻliq boʻlib kelgan. Oʻrta asrlardagi iqtisodiy
jonlanishlar yelkanli kemaning kashf etilishi va savdo yoʻllarining
ochilishi, Amerika qit’asining ochilishi kabi voqealar bilan izohlangan.
Iqtisodiy taraqqiyot sust joyda siklli rivojlanish aniq namoyon
boʻlmaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtish munosabati bilan
iqtisodiy oʻsishning intensiv usullari harakatga kelgach, iqtisodiyotdagi
tebranma harakat ochiq-oydin namoyon boʻladi va tez -tez takrorlanib
turadi. Yangi texnologiyalar paydo boʻlgandan soʻng
siklli rivojlanish
qonuniy hodisaga aylanadi. Ayniqsa, bu hozirgi innovatsion texnika
asri zamonida kuchayadi. Qoloq va rivojlangan jamiyatdagi iqtisodiy
tebranishlar sababi aynan bir xil emas. Qoloqlik davrida bu koʻpincha
tabiiy omillar va falokatlar natijasi boʻlgan, chunki iqtisodiy faoliyatga
tasodiflar kuchli ta’sir koʻrsata olgan. Iqtisodiy quvvati kuchli
jamiyatda ishlab chiqarish tabiiy va boshqa tasodifiy hodisalar ta’sirini
kuchsizlantira oladi. Shu sababli tebranishlar iqtisodiyotning oʻziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ularni asosan ikki narsa keltirib
423
chiqaradi. Birinchisi – fan-texnika taraqqiyoti bilan bogʻliq
investitsiyalar, ikkinchisi – mahsulot va xizmatlarga boʻlgan talab-
ehtiyojning oʻzgarishi. Ular birgalikda iqtisodiy oʻsishga ta’sir etadi.
Mahsulotga talabning ortishi yoki kamayishi ishlab chiqarishni
kengaytirishni yoki qisqartirishni taqozo etadi. Bu oʻz
navbatida
investitsiyalarni oʻzgartiradi. Talab ketidan investitsiyaning koʻpayishi
ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyani yangilaydi. Ammo ishlab
chiqarish haddan tashqari koʻpaysa, mahsulot turib qoladi, uni koʻproq
ishlab chiqarish zarurati boʻlmaydi, natijada uni qisqartirishga toʻgʻri
keladi. Ishlab chiqarishning texnikaviy yangilanishi vaqti-vaqti bilan
boʻlib turadi, shu sababli iqtisodiy oʻsish notekis yuz beradi. Iqtisodiy
oʻsish oʻrniga turgʻunlik yoki tushkunlik vaziyati kelib chiqadi, soʻng
ishlab chiqarish yana oʻnglanib ketadi. Texnika taraqqiyotining
shiddatiga qarab texnikaviy yangilanish muddati qisqaradi. Agar XIX
asrning 1-yarmida texnikaning yangilanishi, ya’ni
mavjud texnikaning
tuzib boʻlinishi natijasida uning yangisi bilan almashtirilishi 12-15
yilda boʻlsa, XXI asrga kelib bu muddat 1-2 yilga tushib qoldi. Buning
ustiga talab-ehtiyoj ham tez yangilanadi. Shu boisdan oʻsish va
pasayishdan iborat tebranma harakat sikli (davri) ham qisqaradi.