419
19.2. Iqtisodiy davrlarning xususiyati va koʻrinishi
Iqtisodiy taraqqiyot doimiy tebranishlarga uchrab turadi – pasayish,
tanglilik davrlari iqtisodiy faollik va koʻtarilish bilan almashadi.
Iqtisodiy oʻsishning davriylik xususiyati fan-texnika
taraqqiyoti bilan
bogʻliq. Shu tufayli asosiy fondlarni sakrash yoʻli bilan yangilanishi yuz
beradi, yangi texnologik jarayonlar tatbiq etiladi, milliy daromad,
iste’mol, jamgarish va investitsiyalar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik
oʻzgaradi. Iqtisodiy oʻsish holatida ishlab
chiqarishning real hajmini
vaqti-vaqti bilan boʻlib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi
iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga
koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
♦
qisqa (3-4 yil)
muddatli, tovar-moddiy zaxiralarning oʻzgarishi
bilan asoslangan;
♦
oʻrta (7-8 yil) muddatli asosiy fondlar asbob–uskunalarni
almashtirishi sifatidagi oʻzgarishlaridan kelib chiqadi;
♦
Kuznets davri (15-20 yil), qurilish davr nazariyasining asoschisi
Amerika iqtisodchisi Saymon Kuznets nomi bilan atalgan. Bu davrlar
turar joylarni va ba’zi ishlab chiqarish inshootlarni
vaqti-vaqti bilan
ommaviy ravishda yangilanishi bilan bogʻliq boʻlgan tebranishlardir;
♦
uzun toʻlqinlar (50-60 yil), infrastrukturani yangilanishi va
tubdan yangi texnologik jarayonlarni kiritish bilan asoslanadi va rus
tadqiqotchisi N.Kondratev nomi bilan nomlanadi.
Iqtisodiy davrni oʻrganish davlat tomonidan
davriylikka qarshi
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy
oʻsishni ta’minlash uchun zarurdir.
Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga erishish uchun intiladi va uni
davlat siyosatining asosiy maqsadi deb biladi.
Chunki iqtisodiy oʻsish quyidagilarni bildiradi:
milliy mahsulot hajmini va daromadni muttasil koʻpayishini,
oqibatda esa aholi farovonligini oʻsishini;
ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchlarini xoʻjalik oborotiga
yanada toʻlaroq
jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan
resurslaridan toʻgʻri foydalanishni;
420
shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi yangi ehtiyojlarni va shu
bilan bir vaqtda ularni qondirishning
yangi imkoniyatlari paydo
boʻlishi;
dunyo bozorida davlat ishonchining
oʻsishi va oʻrni
mustahkamlanishi.
Bu esa xalqaro ayirboshlashning nisbatan ustunlik qonuniga
muvofiq qoʻshimcha xarajatsiz millatlar
daromadini oshirishga olib
keladi. Shu bilan birga iqtisodiy oʻsish ayrim salbiy oqibatlarga ham
ega. Ularning ichida eng koʻzga tashlanadigani atrof-muhitga ortiqcha
zoʻr berilishi va natijada uni ifloslanishi.
Barqaror iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlarni ta’minlash davlatning
muhim vazifasi hisoblanadi. U tartibga
solish tayanchlaridan
foydalanib, iqtisodiy oʻsishning ijobiy tomonlarini kuchaytirish va
salbiy tomonlarini tekislash imkoniga ega.