412
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan
olingan
transfertlar
– Mamlakatdan tashqariga berilgan
transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy
jamgʻarish uchun ishlatiladi.
YaMTD = Yakuniy iste’mol + Milliy jamgʻarmalar
Yakuniy iste’mol uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari
hukumatning iste’molga xarajatlarini ham oʻz ichiga oladi.
18.4. Nominal va real YaIM
Iqtisodiyotda mavjud boʻlgan inflyatsiya jarayonlari YaIMni
hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu koʻrsatkich
dinamikasi bir vaqtning
oʻzida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining
oʻzgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir
vaqtning oʻzida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi,
ham baho darajasi oʻzgarishi ta’sir koʻrsatadi.
Iqtisodiyotda
doimiy
inflyatsiya
jarayonining
mavjudligi
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni taqqoslama
baholarda hisoblashni zarur
etib qoʻyadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib
koʻrsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish,
muammolarni aniqlash hamda
boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish
uchun joriy baholarda hisoblangan nominal koʻrsatkichlardan emas,
balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real koʻrsatkichlardan
foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli oʻlaroq milliy
iqtisodiyotda juda koʻp sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi
sababli ularning barchasini bir varakayiga
taqqoslama baholarda
hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan
eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining oʻzgarish koeffitsiyenti
(baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot
uchun tatbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun:
- deflyator (Paashe indeksi);
413
- iste’mol narxlari indeksi (Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflyator koʻrsatkichi quyidagi formula bilan hisoblanadi: