410
Olingan dastlabki daromadlar qayta
taqsimlanishi natijasida
dividend, renta, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardan olingan
reinvestitsiya koʻrinishidagi daromadlar paydo boʻladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar koʻrinishida aniqlashda,
iqtisodiy
nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga boʻlish koʻzda
tutiladi:
- amortizatsiya (A);
- bilvostia soliqlar (T);
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
- ijara haqi toʻlovi va renta koʻrinishidagi daromadlar (R1);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi)
(R1);
- korporatsiya foydasi (R
2).
Korporatsiyalar foydasi oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi:
a) korporatsiyasi foydasidan toʻlanadigan soliqlar (R1.1);
b) hissadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan dividendlar (R1.2);
d) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondashvuga koʻra: