“Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar–




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

17.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar–
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli 
 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab 
chiqarishning umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, 
daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli koʻrinishida 
tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini 
tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki 
mavjud boʻlmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqim firmalar 
va uy xoʻjaliklari oʻrtasida amalga oshiriladi (2-chizma). 
Uy xoʻjaliklari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha iqtisodiy 
resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu 
resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, 
soʻngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib 
beradilar. Ayni paytda “resurslar – tovarlar va xizmatlar” oqimiga 


401 
qarama qarshi yoʻnalishda “daromadlar – xarajatlar”ning ham doiraviy 
oqimi amalga oshiriladi. 
 

1-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar – 


mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi 
modeli 
Ya’ni, uy xoʻjaliklari oʻzlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar 
evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish 
uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-
xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad 
oladilar. 
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, 
daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni koʻrsatadi. Davlat ishtiroki 
mavjud boʻlmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning 
oʻzaro teng boʻlishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab 
chiqarishi hajmi uy xoʻjaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi 
daromadlariga teng boʻlishi shaklida namoyon boʻladi. 
Pul daromadlari (ish haqi, renta, 
foiz, foyda ) 
Resurslar bozori
Uy xoʻjaligi
Firmalar
Tovarlar va xizmatlar bozori 
Resurslarga 
xarajatlar 
Daromadlar 
Isteʼmol xarajatlari 
Resurslar 
yer, mehnat, 
kapital 
Tovar va 
xizmatlat 
Tovar va 
xizmatlar 


402 
Bu 
koʻrsatkichlar 
oʻrtasidagi tenglikning buzilishi ishlab 
chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining koʻtarilib 
ketishiga sabab boʻladi. Davlat aralashuvi mavjud boʻlgan iqtisodiyotda 
bu model ancha murakkab koʻrinish oladi.

Download 7,53 Mb.
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar–

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish