403
ishlab chiqarish hajmlari va uy xoʻjaliklarining tovarlar va xizmatlar
xarid qilish miqdorlari toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzaro mos kelmagan
hollarda roʻy beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi.
Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy
oqimlar modeli yanada
murakkablashadi. Endi unda toʻrtinchi makroiqtisodiy subyektn – tashqi
dunyo ham paydo boʻladi. Chet el investitsiyalarining kiritilishi va
xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan
moliyaviy bozor orqali jamgʻarmalarning investitsiyalarga oqib oʻtishi
va moliyaviy mablagʻlarning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak
koʻrib oʻtilgan model mukammal emasligiga iqror boʻlamiz. Ammo shu
koʻrinishda ham bu model makroiqtisodiy
jarayonlarni yaxlit holda
tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan
chiqariladigan xulosa shuki, davlat,
firmalar, uy xoʻjaliklari va tashqi
dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng boʻlishi
resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan
daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) oʻzaro teng
boʻlishining asosiy shartidir. Yalpi xarajatlar
hajmining oshishi ishlab
chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining oʻsishiga olib
keladi. Bu esa oʻz navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab
boʻladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi
xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bogʻlanishlari oʻrin
almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish koʻrinishini
oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi
uchun yalpi xarajatlar
toʻxtovsiz oʻsib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari
boʻlgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini oʻzgartirish hamda pul-
kredit siyosati vositalari yordamida pul massasini oʻzgartirish orqali
bajariladi.