Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Nazorat savollari 
 
1. Eksklyuzivlik yoki iste’moldan mahrum qilish xususiyati 
deganda nima tushunasiz? Iste’molda cheklanganlik xususiyati 
deganda nimani tushunasiz? Pitsa boʻlagi eksklyuzivlik xususiyatiga 
egami? Bu iste’molda cheklanganlik xususiyatiga egami? 


392 
2. Ommaviy mahsulotga ta’rif bering va unga misol keltiring. 
Xususiy bozor ommaviy mahsulot bilan oʻz holicha yaxshi ta’minlab 
bera oladimi? Tushuntiring. 
3. Xarajatar va daromadlar tahlili nima? Nega bu muhim? Nega bu 
qiyin? 
4. Umumiy resurslarga ta’rif bering va misol keltiring. Davlatni 
aralashuvisiz 
kishilar 
bu 
mahsulotlardan 
qanday 
tartibda 
foydalanishadi? Nega?


393 
 
 
XVII BOB. “MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH 
17.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi,
predmeti va obyekti 
Makroiqtisodiyot 
ham 
mikroiqtisodiyot 
kabi 
iqtisodiy 
nazariyaning bir boʻlimini ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda 
“makro” soʻzi “katta” degan ma’noni anglatadi (mos ravishda “mikro” 
- “kichik”), “iqtisodiyot” soʻzi esa – “xoʻjalik yuritish” ma’nosini 
anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi 
umumiy 
xatti-harakatlarni 
yoki 
uning 
yirik 
jamlanmalarini 
(agregatlarini) oʻrganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik 
yagona pogʻonaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar 
va voqeliklar hamda ularning koʻrsatkichlarining yigʻindisi sifatida 
qaraladi.
Birinchi bor “makroiqtisodiyot” atamasini taniqli norveg olimi 
iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel 
mukofotiga sazovor boʻlgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) oʻzining 
1933-yildagi maqolasida qoʻllagan. Biroq mazmunan zamonaviy 
makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz 
iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keyns)ning 
fundamental 
mehnatlaridan 
boshlangan. 
1936-yilda 
Keyns 
makroiqtisodiy tahlil asoslarini yoritgan “Bandlik, foiz va pullarning 
umumiy nazariyasi” nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining ahamiyati 
shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda shu 
vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud boʻlgan iqtisodiy 
voqeliklarni 
klassik 
yondashuv 
asosida 
oʻrganuvchi, ya’ni 


394 
mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi “Keynscha 
inqilob” atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha 
yondashuv yuzaga keldi. 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan 
yaqindagina kiritilgan boʻlsada, makroiqtisodiy tahlil elementlari 
iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo boʻldi. Mamlakat 
iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga 
turli elementlarining oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’siri xos boʻlgan
tizim sifatida yondashish dastlab F.Kene asarlarida uchraydi. Fransiya 
qiroli Lyudovik XV ning saroy vrachi F.Kene 1758-yilda, milliy 
mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi 
sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy 
tahlil elementlarini qoʻlladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, J.B.Sey, 
L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq 
qoʻyilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, V.Leontev esa
oʻzining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy 
nazariyaning alohida boʻlimi sifatida ajralib chiqishi uchun 
mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa oʻzining “Ish bilan 
bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936-yil) asari bilan
bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. 
Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot oʻz predmeti va tadqiqot 
usullariga koʻra mustaqil fan sifatida XX asrning oʻrtalariga kelib 
shakllanib boʻldi. 
Makroiqtisodiyot 
umumiy 
iqtisodiy 
nazariyaning 
boʻlimi
hisoblanib, unda milliy xoʻjalik darajasida iqtisodiyotning fundamental 
muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi: 


395 
a) pozitiv makroiqtisodiyot
b) normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning 
aloqadorliklarini oʻrganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul 
yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini 
taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil boʻlimi sifatida 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini oʻzaro 
farqlab olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti boʻlib “belgilangan” iqtisodiy shart-
sharoitlarda uy xoʻjaliklari va firmalar darajasidagi iqtisodiy qarorning 
qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti 
boʻlib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va 
taklif hisoblansa, makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasidagi 
mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining oʻzaro munosabatlari va 
oʻzaro ta’siri tahlil qilinadi. 
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni 
mikroiqtisodiy 
tadqiqot 
predmeti 
hisoblanmaydigan 
koʻpgina 
koʻrsatkichlar, jumladan iste’molchilarning daromadlari, jamgʻarmalari, 
foiz stavkasining dinamikasini va uni belgilovchi omillarni
makroitisodiyot tadqiq qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror oʻsishini, 
resurslarning toʻliq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va 
toʻlov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtayi nazaridan mamlakat 
iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy 
tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini oʻrganadi. 
Keltirilgan 
ta’rifdan 
koʻrinib turibdiki
makroiqtisodiyot 
predmetida oʻzaro bogʻliq uch jihatni ajratib koʻrsatish mumkin. Bular: 


396 
1) 
milliy iqtisodiyot; 
2) 
davlat tomonidan iqtisodiy siyosatni yuritish va iqtisodiyotni 
tartibga solish; 
3) jahon xoʻjaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa 
mamlakatlar iqtisodiyoti bilan oʻzaro munosabatlari masalasi.
1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida 
koʻriladigan masalalar roʻyxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot 
fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. 
1-jadval. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish