385
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar koʻpgina vaqtlarini
shaharni qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy
erlarda (yaylovlarda) yotib oʻtkazishar edi. Shaharda hech bir oila
oʻzining shaxsiy er maydoniga ega emas edi. Buning oʻrniga aholi
kollektiv (jamoa) er maydonlariga (yaylovlariga) ega boʻlib, oʻz
qoʻylarini mazkur erlarda boqishar edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi
samara beradi, chunki erlar yaxshi koʻrinishda saqlanadi. Kishilar
oʻzlari uchun shaxsiy er maydonlarini
ajratib olgunlariga qadar
Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan
xususiyatga ega edi va kishilarni qoʻy etishtirishlarida hech
qanday toʻsiqlar mavjud emas, bir soʻz bilan aytganda hamma baxtli
edi.
Yillar oʻtishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar
ravishda Umumiy Maydonda boqilayotgan qoʻylar soni ham ortib
borar edi. Er maydonining oʻzgarmas hajmida qoʻylar
sonini ortib
borishi erni oʻzini oʻzi qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi.
Oxir oqibat erni tarkibi shu darajada yomonlashib ketdiki natijada u
oʻzining hosildorlik darajasini butkul yoʻqotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qoʻylarni etishtirish imkonsiz va
qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati oʻz oʻzidan yoʻqolib
boradi. Koʻpgina oilalar oʻzini oʻzi ta’minlash uchun daromad
manbaalarini yoʻqotishadi. Xoʻsh, ushbu muammoni yuzaga kelish
sabablari nima? Nega choʻponlar qoʻylar sonini Umumiy Maydonni
ishdan chiqarish darajasigacha oʻsishiga yoʻl qoʻyishdi.
Muammo
shundaki, ommaviy va xususiy ragʻbatlar (manfaatlar) tubdan farq
qiladi.
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish choʻponlarning birgalikdagi
jamoaviy harakatlariga bogʻliq. Agar choʻponlar birgalikda harakat
qilishganida edi, ular qoʻylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan
386
darajada saqlab qolishlari mumkin edi. Biror bir oila uning qoʻylari
sonini kamaytirishdan manfaatdor emas, lekin har bir qoʻylar guruhi
aslida umumiy muammoning alohida bir boʻlagi hisoblanadi.
Aslini olganda,
umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlarni
oʻrganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qoʻylari umumiy
maydonda boqilganda bu oʻz oʻzidan ikkinchi bir oila qoʻy boqishi
mumkin boʻlgan er maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar
yaylovda qancha qoʻy boqish mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi
tashqi masalalarga befarqlik bilan yondashishadi, natijada qoʻylarning
umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq koʻrib chiqilganda shahar aholisi buning
echimini turli usullar bilan topgan boʻlishar edi.
Buni har bir oiladagi
qoʻylar sonini cheklash, ularning ma’lum bir soni uchun soliq joriy
etish yoki qoʻylarning ma’lum bir sonini boqish huquqini auktsion
savdolarida sotish kabi usullar bilan tartibga solish mumkin edi. Ya’ni
oʻrta asrlardagi shahar qoʻylar sonini haddan ziyod ortib ketishi
muammosini zamonaviy jamiyat atrof muhitni ifloslanishiga qarshi
kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga er bilan bogʻliq holat
uchun yana ham soddaroq
usullar mavjud: shahar er maydonini barcha
oilalarga teng boʻlib berishi mumkin edi. Har bir oila oʻz er
maydonini toʻsiqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva
sonining haddan ziyod koʻp boʻlishidan himoyalashi mumkin edi.
Shunday qilib, er umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka
aylana boshlaydi. Bu narsa aslida 17-asrda Angliyada oʻrab
olish
vaqtida yuz berdi ham.