Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi?




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi? 
Ba’zi bir mahsulotlar sharoitga qarab ommaviy mahsulotdan 
shaxsiy mahsulotga aylanishi mumkin. Masalan, agar mushakbozlik 
aholisi koʻp boʻlgan shaharda oʻtkazilsa u ommaviy mahsulotdir. Shu 
bilan birga, bu tadbir Walt Disney World kabi shaxsiy koʻngilochar 
xiyobonlarda oʻtkazilsa mushakbozlik xxususiy mahsulotga koʻproq 
toʻgʻri keladi, sababi xiyobonga kirish uchun alohida toʻlov amalga 
oshiriladi. 
Boshqa bir misol sifatida mayoqni koʻrishimiz mumkin. 
Iqtisodchilar anchadan beri mayoqlarni ommaviy mahsulot namunasi 
sifatida ishlatib kelishayapti. Mayoqlar dengizda ma’lum bir 
hududlarni yoritib beradi va ular yordamida suv kemalari begona suv 
hududlaridan xalos boʻlishadi. Mayoqlarni kema kapitaniga beradigan 
foydasi ist’emoldan mahrum qilish xususiyatiga ham cheklanganlik 
xususiyatiga ham ega emas, shuning uchun ham har bir kapitan 
mayoqlardan yoʻl yorituvchi vosita sifatida foydalanib ularga haq 
toʻlamasdan mustaqil harakat qilishlari mumkin. “Tekinxoʻrlar” 


380 
muammosi tufayli, xususiy bozorlar kapitanlarni ular uchun zarur 
boʻlgan mayoqlar bilan ta’minlab bera olishmaydi. Aynan shu sababli 
hozirda koʻpchilik mayoqlar davlat nazoratida boʻlib qolmoqda. 
Shu bilan birga, ayrim holatlarda mayoqlar xususiy mahsulotlarga 
yaqin boʻlishadi. 19-asrda Angliya qirgʻoqlarida, masalan, bir qator 
mayoqlar xususiy mulk sifatida boshqarib kelingan. Mayolardan 
foydalanish uchun kema kapitanlari emas, balki yaqin atrofdagi port 
egalari haq toʻlashgan. Agarda port egalari mayoq uchun haq 
toʻlashmasa, mayoq egalari uni oʻchirib qoʻyishgan va kemalar, turgan 
gapki, bu portda toʻxtamasdan oʻtishgan. 
U yoki bu mahsulot ommaviy mahsulotga mansub ekanligini 
aniqlashda, avvalo uni egasi kim ekanligiga va ushbu benefitsiarlar 
iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega yoki yoʻqligiga e’tibor 
qaratish zarur. Qachonki mahsulot iste’molchilari soni koʻp va ulardan 
u yoki bunisini ajratish imkoni boʻlmasa “tekinxoʻrlar” muammosi 
yuzaga keladi. Agar mayoq bir qancha kapitanlarga xizmat koʻrsatsa 
bu ommaviy mahsulot, va shu bilan birga u birgina port egasiga xizmat 
koʻrsatsa xususiy mahsulot hisoblanadi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish