379
mahrum qilish xususiyatiga ham ega boʻlmaydi: qashshoqlik bartaraf
etilgandan soʻng kimdur, xech kim bundan mahrum etilmaydi.
Natijada, “tekinxoʻrlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok
etmasdan turib qashshoqlik mavjud boʻlmagan
sharoitda yashash
imkoniyatiga ega boʻlishadi.
“Tekinxoʻrlar” muammosi tufayli qashshoqlikni xususiy homiylik
yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu
bilan birga, davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin.
Nochorlarni hayot tarzini koʻtarishni koʻzlab
boylarni soliqqa tortish
hammasini yaxshilashi mumkin. Nochorlar baxtli – sababi ular yaxshi
hayot tarziga ega boʻlishayapti, boylar baxtli – sababi ular qashshoqlar
nisbatan kam boʻlgan jamiyatda yashashni yaxshi koʻrishadi.