367
shuning uchun, shartnomaga erishish uchun ular tarjimon yollashi kerak.
Agar huruvchi it muammosini hal qilish foydasi
tarjimon xarajatidan
kam boʻlsa, Dik va Jeyn masalasini yechilmagan holatda tashlab
qoʻyishi mumkin. Yanada real misollarda, operatsion xarajatlari
tarjimon
xarajati emas, balki shartnomalarni tayyorlash va amalga
oshirish uchun zarur boʻlgan huquqshunos xarajatlari boʻladi.
Boshqa vaqtlarda, savdolashish shunchaki buziladi. Urushlar va
mehnat toʻqnashuvlari sodir boʻlishi kelishuvning
qanchalik qiyin
boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi va kelishuvga erishish juda qimmatga
tushishi mumkin. Muammo shundaki, har bir tomon odatda oʻzi uchun
yaxshiroq shartnoma uchun harakat qiladi.
Misol uchun, Dik itdan 500
soʻmlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 soʻmlik xarajat sarflaydi
deb tasavvur qilaylik. Jeynning itdan qutilish uchun Dikga toʻlashi
samarali boʻlsa-da, bu natijaga olib kelishi mumkin boʻlgan koʻplab
narxlar bor. Dik 750 soʻm talab qilishi mumkin, va Jeyn faqat 550 soʻm
taklif qilishi mumkin. Ular narxi ustida savdolashaversa, huradigan it
bilan samarasiz natija davom etaveradi.
Manfaatdor tomonlar soni koʻp boʻlganda
samarali savdolashishga
erishish, ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga
tushadi. Misol uchun, yaqin koʻl suvini
ifloslantiradigan
bir
zavodni
olaylik.
Ifloslanish
mahalliy
baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir koʻrsatmoqda. Kouz teoremasiga koʻra,
ifloslanish samarasiz boʻlsa, unda baliqchilar ifloslantirmaslik uhchun
zavodga haq toʻlashi orqali zavod va baliqchilar savdolashishga
erishishi mumkin. Biroq, agarda baliqchilar koʻp boʻlsa, zavod bilan
savdolashishga ularning barchasini muvofiqlashtirish
uchun harakat
deyarli ilojsiz boʻlishi mumkin.
Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol oʻynashi
mumkin. Hukumat ommaviy harakatlar uchun moʻljallangan muassasa
368
hisoblanadi. Bu misolda, baliqchilar oʻzlari uchun harakat qilishi ilojsiz
boʻlsa ham, davlat baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.