Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Kouz teoremasi 
Tashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? 
Mashhur natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz 
teoremasi, uning ba'zi hollarda juda samarali boʻlishi mumkinligini 
aytadi. Kouz teoremasiga koʻra, agar xususiy partiyalar hech qanday 
xarajatsiz resurslarni taqsimlash ustida savdolashishi mumkin boʻlsa, 
unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir muammosini hal qiladi va 
resurslarini samarali taqsimlaydi. 
Kouz teoremasi qanday ishlashini koʻrish uchun, bir misolni koʻrib 
chiqaylik. Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning 
qoʻshnisi Jeynni bezovta qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor
lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir koʻrsatadi. Dik Spotni umumiy itlar 
joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi, yoki Jeyn Spotning hurishi 
sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi? 
Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini koʻrib chiqaylik. 
Ikki muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan 


365 
oladigan foydasini Jeynga it hurishidan ketadigan xarajatni solishtiradi. 
Foyda xarajatlardan koʻproq boʻlsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it 
hurishiga chidab yashashi samarali boʻladi. Lekin agar xarajat foydadan 
yuqori boʻlsa, unda Dik itdan xalos boʻlishi kerak. 
Kouz teoremasiga koʻra, xususiy bozor samarali natijani oʻzi 
topadi. Qanday? Jeyn shunchaki itdan qutilish uchun Dikga toʻlash 
taklifini qilishi mumkin. Jeyn taklifidagi pul miqdori itni tutib turish 
manfaatidan yuqori boʻlsa, Dik shartnomani qabul qiladi. 
Narx ustida savdolashish orqali, Dik va Jeyn har doim samarali 
natijaga erishishi mumkin. Misol uchun, Dik itdan 500 soʻmlik foyda 
oladi va Jeyn it hurishidan 800 soʻmlik xarajat sarflaydi deb tasavvur 
qilaylik. Bu holatda, Jeyn itdan qutilish uchun Dikga 600 soʻm taklif 
qilishi mumkinva Dik buni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala 
tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq va samarali natijaga erishildi. 
Albatta Dik qabul qiladigan har qanday narxni Jeyn taklif qilishga 
tayyor boʻlmasligi mumkin. Misol uchun, Dik itdan 1000 soʻmlik foyda 
oladi va Jeyn it hurishidan 800 soʻmlik xarajat sarflaydi, deb tasavvur 
qilaylik. Bu holatda, Jeyn 800 soʻmdan yuqori miqdorda hech qanday 
taklif qilmaydi, Dik esa 1000 soʻmdan kam har qanday taklifni rad etadi. 
Shuning uchun, Dik itni olib qoladi. Shunday boʻlsada, xarajat va 
foydani hisobga olsak, bu natija samarali hisoblanadi. 
Hozircha, biz Dik huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega 
deb tasavvur qildik. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, biz Jeyn Dikni 
ixtiyoriy ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha 
toʻlamasa, Dik Spotni olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Jeyn 
tinchlik uchun haqli boʻlsa, natija qanday qilib har xil boʻladi? 
Kouz teoremasiga koʻra, huquqlarning boshlangʻich taqsimoti 
bozorning samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol 
uchun, Jeyn qonuniy Dikni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin 


366 
deylik. Bu huquqga ega boʻlish Jeyn foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, 
natijani oʻzgartirmaydi. Bu holda, Dik itni saqlashga ruxsat berish uchun 
Jeynga toʻlov taklif qilishi mumkin. Dik uchun itning foydasi Jeyn 
uchun it hurishi xarajatidan ortiq boʻlsa, u holda Dik va Jeyn Dik itni 
saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi. 
Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dik va Jeyn 
samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi oʻrinsiz emas: Bu 
iqtisodiy farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dikning huradigan itga 
yoki Jeynning tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida 
savdolashishdan kim kimga toʻlashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki 
holda ham, ikki tomon bir-biri bilan savdolashishi va tashqi ta’sir 
muammosini hal qilishi mumkin. Foyda xarajatlardan yuqori boʻlsagina 
Dik it saqlay oladi. 
Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar oʻzaro 
tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning 
dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar 
savdolashib har doim har bir kishi uchun yaxshi va samarali natijaga 
erishishi mumkin. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish