Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Keys stadi HAYOT QIYMATI QANCHA? 
Tasavvur qiling, siz xalq deputatlari mahalliy kengashga a’zo 
sifatida saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif 
bilan keldi: shahar 10 000 soʻm sarflab, hozirda faqat STOP belgisi 
qoʻyilgan markaziy koʻchadagi chorrahada svetofor oʻrnatishi va uni 
keyinchalik boshqarishi mumkin. Svetoforning ustun jihati - harakat 
havfsizligi 
oshiriladi. 
Injenerni 
ilgarigi 
shunga 
oʻxshash 
chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga koʻra svetofor 
faoliya muddati davomida oʻlim bilan tugaydigan yoʻl-harakati 
hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga 
mablagʻ sarflaysizmi? 
Ushbu savolga javob topish uchun siz xarajatlar va daromadlar 
tahliliga murojaat etishingizga toʻri keladi. Biroq siz darhol oʻziga xos 
qarshilikka duch kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi 
boʻlsangiz, xarajatlar va daromadlar bir xil kattaliklarda (oʻlchovlarda) 
hsoblanishi lozim. Qiymat pul birligida (soʻmda) oʻlchanadi, biroq 
svetofor keladigan foyda inson hayotini saqlab qolish pul birligida 
oʻlchanmaydi. Qabul qilinishi lozim boʻlgan qarorni aniqlash uchun 
siz soʻmni inson hayotidagi oʻlchamini aniqlashingiz zarur boʻladi. 
Dastavval siz inson hayoti bebaho deb oʻylashni hohlashingiz 
mumkin, qolaversa siz oʻzingizni yoki biror bir sevimli kishingizni 
hayoti uchun oʻz hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin boʻlgan 
pulning qiymati yoʻq. Bu shundan dalolat beradiki, inson hayoti pulda 
(soʻmda) qiymatga ega emas. 
Biroq bu javob xarajatlar va daromadlar tahlili uchun oʻta 
mavhumdir. Agar biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz 
qiymatliklarni sarflamoqchi boʻlsak, u holda har bir koʻcha burchagida 


383 
svetor 
oʻrnatib chiqishimiz va barcha yangi yirik yuk 
avtomashinalariga 
eng 
soʻnggi 
havfsizlik 
funksiyalarini 
joylashtirishimiz lozim boʻladi. 
Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar koʻp 
holatlarda havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga 
qarshi mexanizmga ega boʻlmagan, qimmat boʻlmagan avtomobillarga 
haq toʻlashni afzal koʻrishadi. Ommaviy mahsulotlar yoki xususiy 
mahsulotlar toʻgʻrisidagi har ikki qarorda ham koʻproq iqtisod qilish 
maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor boʻlamiz. 
Inson hayoti soʻmdagi ekvivalentga ega emas degan qarorni qabul 
qilgandan soʻng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin? 
Oʻlim toʻgʻrisida da’vo qilgan taraf xarajatlarini qoplab berish 
maqsadida “agar vafot etgan shaxs tirik boʻlganda qancha mablagʻ 
ishlab topishi mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan 
qoʻllanilib kelinadi. Iqtisodchilar bu usulni koʻp holatlarda tanqid 
qilishadi, sababi bu usul hayotni yoʻqotishning boshqa qiymatliklarini 
e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul gʻalati koʻrsastkichni oʻzida 
aks ettiradi, goʻyoki nogiron yoki pensionerning hayoti hech qanday 
qiymatga ega emasdek. 
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson oʻz 
hayotini yoʻqotish uchun mavjud boʻlgan tavakkalchilik va bunga 
toʻlanishi lozim boʻlgan haq miqdorini bilishdir. Oʻlish tavakkalchiligi, 
masalan, ish joyiga qarab baholanadi. Osmonoʻpar binolardagi 
quruvchilar oʻz ish joylarida ofis ishchilariga qaraganda koʻproq 
tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar koʻproq va kamroq 
tavakkalchililik darajasiga, ta’lim sifatiga, tajribaga va boshqa ish 
haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar oʻz hayotlarini 
qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga ega 
boʻlishlari mumkin. Ushbu usulni qoʻllab oʻtkazilgan tadqiqotlarga 


384 
koʻra inson hayoti qiymati 10 million soʻmga baholanishi toʻgʻrisida 
xulosaga kelingan. 
Endi biz, yuqorida keltirib oʻtilgan misolimizga qaytib shahar 
injenerining taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson 
haytini saqlab qolish tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina 
yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor oʻrnatilishidan kutilishi mumkin 
boʻlgan foyda 50 000 soʻm (yoki 0,005*10 million soʻm) ni tashkil 
etadi. Bu koʻrsatkich 
loyiha xarajjati boʻlgan 10 000 soʻmdan bir muncha koʻp, demak 
siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish