387
foydalaniladi. Davlat umummilliy resurslar iste’molini
kamaytirish
maqsadidida ushbu muammoni tartibga solish choralari yoki soliqlar
orqali hal etishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralganda,
davlat
gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.
Bu hikoya (dars) ming yillar davomida barchaga saboq boʻldi.
Qadimgi grek faylasufi Aristotel umummilliy resurslar haqida shunday
degan: “Barcha uchun birdek mavjud boʻlgan ne’matlarga odatda
kamroq e’tibor beriladi, sababi kishilar oʻzining
shaxsiy buyumlariga
boshqalar bilan birgalikda egalik qilayotgan buyumlariga qaraganda
koʻproq hurmat bajo keltirishadi”.
Ayrim muhim umumiy resurslar
Umumiy resurslardan foydalanishning koʻpgina misollari mavjud.
Deyarli barcha holatlarda
umummilliy resurslar fojeasidagi kabi
muammo yuzaga keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan
haddan ziyod koʻp foydalanishadi. Davlat, aksariyat hollarda,
haddan
ziyod koʻp foydalanish muammosini engillashtirish maqsadida
ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli yigʻimlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz 10-bobda ta’kidlab oʻtganimizdek,
bozorlar atrof muhitni oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga
solish choralari yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik
uchun soliqlar
bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlgan ifloslanish salbiy tashqi ta’sir
hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning umumiy
muammosi sifatida koʻrish mumkin. Toza havo va toza suv huddi
ochiq hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa
huddi chorvani haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir.
Blumberg rejasi