381
ishlatishi mumkin boʻlganlardan kelib tushuvchi foydani koʻrib
chiqishi lozim. Bu qarorga kelishdan oldin davlat,
xarajatlar va
daromadlarni tahlil qilish deb nomlanuvchi jamiyatga ushbu tovar
yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun
iqtisodchilar va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin.
Xarajatar va daromadlar tahlili oʻziga xos murakkab jarayon.
Shosse kelgusida barcha uchun bepul foydalanishga moʻljallanganligi
sababli uning qiymatini (yoki foydalilik darajasini)
aniqlovchi narx
mavjud emas.
Kishilardan shunchaki ular shosseni qanchaga baholashlarini
soʻrash ishonchli emas, anketalash
ham samarali usul emas, sababi
soʻrovda qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy
ragʻbatga ega boʻlmaydilar. Shossedan kelajakda foydalanishi mumkin
boʻlganlarda uni daromadlilik darajasini oshirishga koʻproq ragʻbat
bor. Shosseni qurilishidan zarar koʻrishi mumkin boʻlganlarda esa
shosse qurilishiga ketadigan xarajatlarni oshirib koʻrsatishga
va uni
qurilishini toʻxtatishga ragʻbat mavjud.
Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish,
oʻz oʻzidan, xususiy mahsulot (xizmat) larni taqdim etishga qaraganda
bir muncha mushkulroq. Xususiy mahsulot
xaridorlari bozorga
chiqishganda ular oʻzlari toʻlay olishi mumkin boʻlgan narxga qarab
fikr yuritishadi. Shu bilan birga sotuvchilar oʻz xarajatlarini oʻzlari
qabul qilishlari mumkin boʻlgan narx yordamida koʻrsatishadi.
Muvozanat nuqtasi esa resurslarni samarali taqsimlash nuqtasi boʻlib,
u barcha ma’lumotlarni oʻzida aks ettiradi. Ommaviy mahsulotlarda,
bundan farqli oʻlaroq, xarajatlar va daromadlar
tahlilchilari davlat
ommaviy mahsulotlarni qanday va qancha miqdorda ta’minlashi
boʻyicha hech qanday baho signallariga ega boʻlishmaydi. Ularning
382
xarajatlar va daromadlar toʻrisidagi xulosalari,
nari borsa, eng yaxshi
taxminiy xulosalar, xolos.