• Fundamental ilmiy tadqiqotlar.
  • Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet193/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar 
    Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar 
    talaygina. Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini koʻrib chiqamiz. 
    Mudofaa tizimi. Mamlakatni xorijiy bosqinchilardan himoya 
    qiluvchi mudofaa tizimi bunga klassik misol boʻla oladi. Butun 
    mamlakat himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotni 


    376 
    (xizmatni) iste’molidan, ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib 
    boʻlmaydi. 
    Undan 
    tashqari 
    biror 
    kishi 
    mudofaa 
    tizimidan 
    foydalanayotganda, u boshqa bir kishini bu mahsulotdan (xizmatdan) 
    foydalanishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Shunday qilib, mudofaa tizimi 
    iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ham cheklanganlik 
    xususiyatiga ham ega emas. 
    Shu bilan birga mudofaa tizimi eng serxarajat ommaviy mahsulot 
    hisoblanadi. 2007 yilda AQSh federal hukumati mudofaa tizimiga 553 
    milliard soʻm mablagʻ sarfladi, ya’ni aholi jon boshiga 1800 soʻm. Bu 
    mablagʻni koʻp yoki kamligi yuzasidan aholi oʻrtasida turli xil fikrlar 
    mavjud boʻlganiga qaramay, hech kim mudofaa tizimi uchun
    davlat xarajatlari zarur ekanligini inkor etmaydi. Davlatni oʻziga hos 
    himoyachilari boʻlgan iqtisodchilar ham mudofaa tizimini ommaviy 
    mahsulot 
    ekanligini 
    inobatga 
    olib, 
    uni 
    davlat 
    tomonidan 
    ta’minlanishini yoqlashadi. 
    Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bilim ilmiy tadqiqotlar asosida 
    yuzaga keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga 
    yoʻnaltirilgan siyosatini baholashda umumiy bilimlarni aniq texnologik 
    bilimlardan farqlash zarur. Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi 
    batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi mikrochiplarni yaratish 
    yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga oʻxshagan 
    aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan boʻlishi mumkin. Patent 
    ixtirochiga ma’lum bir muddatda u yaratgan yoki ixtiro qilgan sohada 
    faoliyat yuritish uchun alohida huquqni beradi. Boshqa shaxslar 
    patentlangan ma’lumotlardan foydalanganlik huquqi uchun ixtirochiga 
    haq toʻlashadi. Boshqacha soʻz bilan aytganda patent ixtirochini 
    bilimini iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega qiladi. 
    Bunga qarama-qarshi ravishda, umumiy bilimlar ommaviy 
    mahsulot hisoblanadi. Masalan, matematik olim teoremani patentlay 


    377 
    olmaydi. Teorema isbotlanganidan soʻng bilim iste’moldan mahrum 
    qilish xususiyatiga ega boʻlmaydi. Teorema umumiy foydalanishdagi 
    bilimlar sirasiga kiradi, har kim biror-bir ayblovsiz undan foydalanish 
    huquqiga ega. Teorema shuningdek, iste’molda taqiqlangan ham emas, 
    biror kishini teoremadan foylanishi boshqa bir kishini undan 
    foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi. 
    Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash 
    yoki qayta sotish hisobiga koʻproq daromad olishni koʻzlab, tayyor 
    ilmiy tadqiqotlar hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda koʻp 
    mablagʻ ishlatishadi, biroq ular fundamental ilmiy izlanishlarga koʻp 
    mablagʻ sarf etishmaydi.Bunda ularni ragʻbatlantiruvchi omil - ilgari 
    boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy bilimlarga mablagʻni 
    iqtisod qilish. Buning natijasi oʻlaroq, u yoki bu davlat siyosatining 
    mavjud emasligi tufayli jamiyat yangi fundamental ilmiy izlanishlarga 
    juda kam resurs sarflaydi. 
    Davlat ommaviy mahsulot hisoblangan umumiy bilimlarni turli xil 
    usullar bilan ta’minlashga harakat qiladi. Sogʻliqni-saqlash milliy 
    instituti va Milliy ilmiy jamgʻarma kabi davlat idoralari tibbiyot
    matematika, fizika, ximiya, biologiya va hatto iqtisodiyot kabi 
    yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun turli xil subsidiyalar 
    ajratadi. Ba’zi kishilar davlatning kosmik dasturlarni
    moliyalashtirish siyosatini 
    ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga qoʻshishi 
    mumkin boʻlgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar komik 
    sayoxatlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga skeptik 
    yondashishgan). Olinayotgan foydani aniqlash qiyinligi hisobiga 
    davlat tomonidan mazkur urinishlarga mustahkam qoʻllab quvvatlashni 
    aniqlash qiyin. Bundan tashqari mazkur tadbirlarga yoʻnaltirilgan 
    moliyaviy mablagʻlarni tasdiqlab bergan Kongress a’zolari ushbu 


    378 
    yoʻnalishlarda etarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu tadbirlarni 
    samarali ekanligini aniqlab berishga qodir emaslar. Shunday qilib, 
    fundamental izlanishlar ommaviy mahsulot boʻlgan bir paytda davlatni 
    ularni kerakli hajm va yoʻnalishlarda moliyalashtirishga qodir 
    emasligiga hayron boʻlishimiz kerak emas. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish