• Shaxsiy buyumlar
  • Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar
  • Umumiy resurslar
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet191/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
    Nazorat savollari 
    1. Salbiy tashqi ta’sir va ijobiy tashqi ta’sirga misol keltiring. 
    2. Firma ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keladigan 
    salbiy tashqi ta’sirni tushuntirish uchun talab-va-taklif rasmini chizing. 
    3. Qanday qilib patent tizimi jamiyatga tashqi ta’sir muammonsini 
    hal qilishda yordam beradi? 
    4. Tuzatuvchi soliqlar nima? Nega iqtisodchilar atrof-muhitni 
    ifloslanishdan himoya qilishda ulardan foydalanishni afzal koʻradi? 
    5. Tashqi ta’sir natijasida kelib chiqqan muammolarni hukumat 
    aralashuvisiz hal qilish mumkin boʻlgan yoʻllar roʻyxatini tuzing. 
    6. Tasavvur qiling, siz chekmaysiz, lekin chekadigan kishi bilan bir 
    xonada 
    7. turibsiz. Kouz teoremasiga koʻra, xonadoshingiz xonada chekish 
    yo chekmasligini nima belgilaydi? Bu natija samaralimi? Siz va 
    xonadoshingiz bu muammoga qanday yechim topasiz? 


    369 
     
     
    XVI-BOB. IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR 
    16.1. Mahsulotlarning turli xil turlari 
    Bozorlar insonlar hohlayotgan mahsulotlar etkazib berishda 
    qanchalik yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalani mohiyatini 
    qay darajada chuqur anglib etilganligiga bogʻliq. Biz 7 bobda ta’kidlab 
    oʻtganimizdek, bozor konussimon qutili muzqaymoqni samarali sonini 
    ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning narxi ularga boʻlgan talab 
    va taklifni muvozanatlashtirishi mumkin, va bu muvozanat ishlab 
    chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol 
    tanqisligini bartaraf etishi mumkin. Bundan tashqari, biz 10 bobda 
    koʻrib oʻtganimizdek, bozor alyuminiy ishlab chiqaruvchilarini biz 
    nafas olayotgan havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila 
    olmaydi. Bozorda xaridor va sotuvchilar odatda oʻz qarorlarining 
    tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi. Shunday qilib, bozorlar 
    mahsulot muzqaymoq boʻlganda yaxshiroq va mahsulot toza havo 
    boʻlganda yomonroq ishlashadi. 
    Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi 
    ikki sifatiga koʻra guruhlash mumkin: 
    - Mahsulot 
    iste’moldan 
    mahrum 
    qilinish 
    (eksklyuzivlik) 
    xususiyatiga egami? Ya’ni, kishilarni uni iste’molidan mahrum etish 
    mumkinmi? 
    - Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni, bir kishining 
    mahsulotni iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish 
    qobiliyatlarini kamaytiradimi? 
    Ushbu ikki sifatni ishlatilishi, 1-rasmda mahsulotlarni 4 guruhga 
    taqsimlaydi: 


    370 
    1. Shaxsiy buyumlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda 
    cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili 
    muzqaymoqni koʻrib chiqamiz.
    Muzqaymoq iste’moldan olinishi mumkin, chunki kimnidir 
    muzqaymoq iste’molidan mahrum qilish uchun oʻsha kishiga 
    muzqaymoqni bermaslikni oʻzi kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq 
    iste’molda cheklangan, chunki agarda biror kishi muzqaymoqni 
    iste’mol qilsa boshqa bir kishi aynan oʻsha muzqaymoqni iste’mol 
    qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Iqtisodiyotda koʻpgina mahsulotlar 
    aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz toʻlovni amalga 
    oshirmay turib biror narsani qoʻlga kirita olmaysiz va siz toʻlovni 
    amalga oshirgandan soʻng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin 
    boʻlgan yagona shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi 4, 5 va 6 boblarda talab 
    va taklifni, shuningdek 7, 8 va 9 boblarda bozorlar samaradorligini 
    ta’lil qilganimizda mahsulotlar ist’emoldan mahrum qilinish va 
    iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin 
    qilgandik. 
    2. Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum 
    qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. 
    Ya’ni kishilarga umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini 
    cheklash mumkin emas, shuningdek bir kishining iste’moli boshqa 
    kishining uni iste’mol qilish imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, 
    kichik shaharchada tornado ovozi umumiy foydalanishdagi mahsulot 
    hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan keyin hech kimni uning 
    ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu ist’emoldan olinishi 
    mumkin emas). Undan tashqari, biror kishi ushbu shovqindan foyda 
    oladigan boʻlsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini kamaytirib 
    yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas). 


    371 
    3. Umumiy resurslar Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq 
    iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boʻlmagan mahsulotlar. 
    Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, 
    agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs 
    uchun tutib olish mumkin boʻlgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan 
    birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boʻlgan 
    mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, 
    baliq tutuvchilarni baliq tutishdan toʻxtatish oʻta mushkul vazifadir. 
    4. Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega 
    boʻlish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega boʻlmasa, u 
    holda mazkur mahsulot tabiiy monopoliya ishlab chiqarish uchun 
    yaxshigina misol boʻla oladi. Masalan, kichik shaharchada yongʻinga 
    qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni 
    (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yongʻinga 
    qarshi kurashish boʻlimi shunchaki oʻsha kishining uyini yonib bitishi 
    uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) 
    cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning 
    yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi xarajatlari toʻlanganda, kichik bir 
    uyni yongʻindan himoya qilish xarajatlari hech narsa emas (15 bobda 
    tabiiy monopoliyalar mavzusi chuqurroq oʻrganiladi va unga kengroq 
    RASM 
    Tovarlarning to'rt turi. 
    Mahsulotlar ikki xususiyatlariga ko'ra 
    to'rt toifaga guruhlangan bo'lishi 
    mumkin; 
    (1) 
    odamlar 
    undan 
    foydalanishdan to’xtatiadigan tovarlar 
    bundan mustasno. (2) Agar bitta 
    odamning tovarlarni iste’mol qilishi, 
    boshqa odamlarning shu tovarlarni 
    iste’mol qilishlarini qisqartirsa, bu 
    tovarlar raqobatdosh bo’ladi.
    Xususiy mulk 
    • Muzqaymoq ko’nusi 
    • kiyimlar 
    • tirband yo’llardan 
    foydalanish uchun to’lov
    Umumiy resurslar 
    • dengizdagi baliq 
    • Atrof muhit 
    • bepul yo’llardan 
    ketyapish 
    Tabiiy monopoliyalar 
    • yong'indan himoya 
    • Kabel TV 
    • tirbanad bo’lmagan 
    yo’llar uchun to’lov 
    davlat mahsulotlari 
    • Milliy mudofaa 
    • Tirband bo’lmagan yo’llar 
    uchun to’lov 
    Ha 
    Mustasnomi?
    Yo`q 
    Ha 
    Yo`q 
    Iste'moldagi raqobat?


    372 
    ta’rif beriladi). 
    Yuqorida koʻrib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga 
    boʻlishni koʻzda tutganiga qaramasdan, odatda ular oʻrtasidagi 
    chegara koʻp hollarda aniq boʻlmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum 
    qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi koʻp 
    holatlarda aniq bir darajaga bogʻliq boʻlib qoladi. Okeandagi baliq 
    iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlmaydi, sababi 
    okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga 
    qoʻriqlanadigan qirgʻoqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda 
    iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. 
    Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot 
    boʻlgani bilan baliq ovlovchilar soniga koʻra uni iste’molga 
    cheklanmagan mahsulot sifatida koʻrib oʻtish mumkin (shimoliy-
    amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik koʻchmanchilarni 
    koʻchib kelgungacha boʻlgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil 
    uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa toʻrt guruh mahsulotlari 
    uchun ham foydali boʻladi. 
    Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega 
    boʻlmagan mahsulotlarni koʻrib chiqamiz: ommaviy (umumiy 
    foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi kishilar bu 
    mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari 
    mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va 
    umumiy resurslarni oʻrganish tashqi faktorlarni oʻrganish bilan 
    chambarchas bogʻliq. Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi 
    faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) 
    narxga ega boʻlmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy 
    foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak 
    boʻlsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan koʻra 
    yaxshiroq koʻrinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning 


    373 
    har ikkisi mahsulot uchun haq toʻlamasdan foyda olishadi – bu ijobiy 
    tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy 
    foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik okeandagi 
    baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib 
    ketadi, chunki tutilishi mumkin boʻlgan baliqlar soni kamayadi. Ular 
    yuzaga kelgan yoʻqotishdan ma’lum ma’noda zarar koʻrishadi, biroq 
    hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi – bu esa salbiy 
    tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va 
    ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi koʻpchilik qarorlar resurslarni samarasiz 
    taqsimlanishiga 
    olib 
    keladi. 
    Ushbu 
    holatlarda 
    davlatning 
    aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib 
    kelishi mumkin. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish