363
mavjud boʻlsa-da, bu qonunlar kuchli amal qilmaydi. Koʻpchilik
odamlar iflos qilmaydi, chunki bunday qilish, albatta, notoʻgʻri narsa.
Koʻpchilik bolalarga oʻrgatiladigan “Oltin qoida”ga koʻra, "hammani
oʻzingdek bil". Bu ma'naviy toʻsiq bizning
xatti-harakatlarimiz boshqa
odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi.
Iqtisodiy jihatidan, u tashqi ta’sirni oʻzlashtirish ma’nosini bildiradi.
Tashqi ta’sirlar uchun yana bir xususiy yechim tashqi ta’sirlarni hal
qilish uchun tashkil etilgan xayriyalardir. Misol uchun, maqsadi atrof-
muhitni himoya qilish boʻlgan Sierra Club xususiy xayriya bilan
moliyalashtiriladigan notijorat tashkilot hisoblanadi.
Boshqa bir misol
sifatida, kollej va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari, korporatsiyalar va
fondlardan sovgʻalar oladi, chunki ta'lim jamiyat uchun ijobiy tashqi
ta’sir olib keladi. Hukumat xayriya uchun daromad soligʻiga imtiyozlar
beruvchi soliq tizimi orqali tashqi ta’sirning
bu xususiy yechimini
ragʻbatlantiradi.
Xususiy bozor koʻpincha tegishli partiyalarning manfaatlariga
tayanib tashqi ta’sirlar muammosini hal qilishi mumkin. Ba'zan hal
qilish turli xil biznes integratsiyasi shaklini oladi. Misol uchun, bir-
biriga yaqin joylashgan olma yetishtiruvchi v aasalarichini olaylik. Har
bir biznes boshqasiga ijobiy ta'sir etmoqda: daraxtlar gulini changlash
orqali asalarilar bogʻbonga olma yetishtirishda yordam beradi. Shu bilan
birga, asalarilar olma daraxtlaridan nektar
olib asal ishlab chiqarish
uchun foydalanadi. Shunday boʻlsa-da, olma yetishtiruvchi qancha
daraxt ekishga qaror qilishi va asalarichi qancha asalari saqlashga qaror
qabul qilishida, ular ijobiy tashqi ta'sirni hisobga olmaydilar. Natijada,
olma yetishtiruvchilar juda kam daraxt ekadi va asalarichi juda oz asalari
saqlaydi. Asalarichi olma bogʻlarini sotib olsa
yoki olma yetishtiruvchi
asalari qutilarini sotib olsa, bunda tashqi ta’sirlar oʻzlashtirilishi
mumkin: Har ikki
364
faoliyat keyin bir xil firma ichida boʻladi va bu firma daraxtlar va
asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin boʻladi. Tashqi ta’sirni
oʻzlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb
qilinishining bir sababidir.
Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal
qilishning yana bir usuli
manfaatdor tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda,
olma yetishtiruvchilar va asalarichi oʻrtasidagi shartnoma juda kam
daraxt va juda oz ari muammosini hal qilishi mumkin. Shartnoma
daraxtlar sonini,
asalarilar sonini va ehtimol, bir tomonning boshqa
biriga toʻlovlarini belgilashi mumkin. Daraxtlar va asalarilar toʻgʻri
sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib
chiqadigan samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi
boʻlishi mumkin.