359
Firmaning toʻlash
uchun xohishi, oʻz navbatida, ifloslanishni
kamaytirish xarajatiga bogʻliq boʻladi: Ifloslanishni kamaytirish firma
uchun qanchalik koʻp xarajatli boʻlsa, ruxsatnoma uchun toʻlashga
shunchalik koʻp tayyor boʻladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yoʻl qoʻyish afzalligi
shundaki, firmalar oʻrtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlangʻich
taqsimoti iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan muhim emas deb
hisoblanadi. Faqat ifloslanishni arzon xarajatlar
bilan kamaytirishi
mumkin firmalar ruxsatnomalarni sotadi va yuqori xarajat bilan
ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar oʻzlariga kerak miqdorda
ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor
boʻlgani tufayli, boshlangʻich taqsimotdan qat'iy nazar soʻnggi taqsimot
samarali boʻladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi
soliqlardan farqli koʻrinsa-da, ikki siyosat koʻp umumiy
jihatlarga ega. Har ikki holatda ham,
firmalar ifloslanish uchun
toʻlaydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar
hukumatga soliq toʻlashi kerak. Ifloslantirish ruxsati bilan atrof-muhitni
ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun toʻlashi kerak. (Hatto
allaqachon oʻz ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun
toʻlashi shart: ular ochiq bozorda oʻz ruxsatnomalarini sotishdan olgan
miqdor ifloslantirish imkoniyati xarajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va
ifloslantirish ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni
xarajatli qilish orqali tashqi ta'sirni oʻzlashtiradi.
Ikki siyosat oʻxshashligini ifloslantirish bozorini
tahlil qilish orqali
kor’rish mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi
uchun talab chizigʻini koʻrsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari
qanchalik past boʻlsa, firmalar ifloslantirishni shunchalik koʻproq
tanlashini koʻrsatadi. (a) chizmada EPA ifloslantirish uchun narx
360
belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish
huquqlari uchun taklif egri chizigʻi mukammal elastik (chunki firma
soliq toʻlash orqali ular istaganicha koʻp ifloslantirishi mumkin) va talab
chizigʻi vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b)
chizmada, EPK
ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab
beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizigʻi
mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni
bilan belgilanadi), va talab egri chizigʻi vaziyati ifloslanish narxini
belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq
bilan narx belgilash orqali,
yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni oʻrnatish orqali
berilgan talab egri chizigʻining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq
undirishdan koʻra yaxshiroq boʻlishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna
dan kam chiqindi tashlanishini istaydi.
Lekin EPK ifloslanish talab
chizigʻini bilmasligi tufayli, bu maqsadga erishish uchun qanday hajmda