353
Ushbu boʻlimda davlat yechimlari koʻrib chiqiladi. Umumiy masala
sifatida, hukumat tashqi ta’sirga javob berishda ikki yoʻlning biridan
foydalanishi mumkin.
Buyruq-va-nazorat siyosati bevosita xatti-
harakatni tartibga soladi.
Bozorga asoslangan siyosat ragʻbatlantirish
bilan ta’minlaydiki, xususiy qaror qabul qiluvchilar muammoni hal
qilish yoʻlini oʻzlari tanlaydi.
Buyruq va nazorat siyosati: tartibga solish
Hukumat muayyan xatti-harakatni talab qilish yoki cheklash orqali
tashqi ta'sirni bartaraf qilishi mumkin. Misol uchun, suv ta'minoti ichiga
zaharli kimyoviy moddalar qoʻshish jinoyat hisoblanadi.
Bu holda,
jamiyat uchun tashqi xarajatlar ifloslantiruvchi foydasidan ancha oshib
ketadi. Hukumat shuning umuman bu xatti-harakat sodir boʻlishini man
qiluvchi bir buyruq-va-nazorat qilish siyosatini institutlashtiradi.
Ammo ifloslanish koʻp hollarida vaziyat bunchalik oddiy emas.
Ba'zi
ekologlar
belgilangan
maqsadlarga
qaramay,
barcha
ifloslantiruvchi faoliyatlarni taqiqlab qoʻyishning iloji yoʻq. Masalan
deyarli
barcha turdagi transport, hatto otlar ham ayrim nomaqbul
ifloslantiruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Lekin hukumatning barcha
transportni taqiqlashi aqlga sigʻmaydi. Shuning uchun,
butunlay
ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish oʻrniga, jamiyat bu
ifloslanishlarning qaysi turlariga va qancha miqdoriga ruxsat etishga
qaror qabul qilishning zarari va foydasini koʻrib chiqishi kerak.
Amerika Qoʻshma
Shtatlarida, atrof-muhit himoya qilish
agentligi (EPA) va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan
qoidalarni ishlab chiqish va rioya qilish
vazifasini olgan davlat
muassasasidir.
Atrof-muhitni tartibga solish koʻp shakllarda boʻlishi mumkin.
Ba'zan EPA zavod chiqarishi mumkin boʻlgan ifloslanish maksimal
darajasini aytadi. Boshqa paytlari EPA firmalardan chiqindilarni
354
kamaytirish uchun muayyan texnologiya qabul qilishni talab qiladi.
Barcha
hollarda, yaxshi qoidalarni tuzish uchun, hukumat tartibga
soluvchilari muayyan sanoatlar haqida ma'lumotlarni va bu sanoat qabul
qilishi mumkin boʻlgan muqobil texnologiyalar haqida bilishi kerak. Bu
ma'lumotlar hukumat regulyatorlari tomonidan olinishi ba’zida juda
qiyin.