345
XV BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
15.1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
Ushbu boʻlimda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday
ta’sir koʻrsatishini oʻrganish uchun 7-bobdagi farovonlik iqtisodiyoti
usullaridan foydalanamiz. Bu tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar
bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga
olib kelishini aniq
koʻrsatadi.
Bobning
oxirida,
biz
bu
turdagi
bozor
muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf
qiladigan turli yoʻllarni koʻrib chiqamiz.
Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma
Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan
boshlaymiz. Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor –
alyuminiy bozorini koʻrib chiqamiz. 1-rasm
alyuminiy bozori talab va
taklif chizigʻini koʻrsatadi.
Agar 7-bobdan eslasangiz, talab va taklif chizigʻi xarajatlar va
daromadlar haqida muhim ma'lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Alyuminiy
uchun talab chizigʻi iste'molchilar toʻlashga tayyor narxlarda
oʻlchanadigan alyuminiy miqdorini aks ettiradi. Har qanday berilgan
miqdorda, talab chizigʻi balandligi chekli xaridor toʻlashga
tayyor
boʻlgan narxni koʻrsatadi. Boshqa soʻz bilan aytganda, u iste'molchiga
oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini koʻrsatadi. Xuddi
shunday, taklif chizigʻi alyuminiy ishlab
chiqarish xarajatlarini aks
ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizigʻi balandligi chekli
sotuvchi xarajatlarni koʻrsatadi.
Boshqacha qilib aytganda, u ishlab
chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining xarajatlarini
koʻrsatadi.
346
Hukumat aralashuvi boʻlmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab
muvozanatini toʻgʻirlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol
qilingan
alyuminiyning bozordagi miqdori 1-rasmdagi Q
bozor
sifatida koʻrsatilgan
bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy
ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidir. Bu shuni
anglatadiki, bozor resurslarni shunday taqsimlaydiki, alyuminiyning
iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan
alyuminiyning umumiy xarajatlari ayrilgani (qiymat – xarajat) maksimal
darajaga yetadi.