351
sanoat robotlari bozorini olaylik. Robotlar tez oʻzgarib
borayotgan
texnologiyalarning boshida turadi. Firma robot yaratganda uning yangi
va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat mavjud. Bu yangi dizayn
faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga
foyda olib kelishi
mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga
qoʻshiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi
boshqa ishlab
chiqaruvchilar uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega boʻlishini anglatadi.
Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib
bu tashqi ta’sirni oʻzlashtirishi mumkin.
Agar hukumat firmalarga har
bir ishlab chiqarilgan robot uchun subsidiya toʻlasa, taklif chizigʻi ushbu
subsidiya miqdorida pastga tushadi va bu oʻzgarish robotlarning
muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor
muvozanati ijtimoiy maqbul
darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun subsidiya texnologik
yoyilish qiymatiga teng boʻlishi kerak.
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta
va ular ijtimoiy siyosat
uchun nimani bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish
nega hayot darajasi davriy ravishda oʻsishiga sababdir. Ammo bu qiyin
savol ham hisoblanadi va buning ustida iqtisodchilar koʻpincha
kelishishmaydi.
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning
uchun hukumat eng koʻp yoyilish qiluvchi sanoatlarni qoʻllab-
quvvatlashi kerak deb ishontirishadi. Masalan,
ushbu iqtisodchilar agar
kartoshka chipslaridan koʻra kompyuter chiplarini yaratishni koʻproq
yoyilishga ega boʻlsa, unda hukumat kartoshka chipslari ishlab
chiqarishdan koʻra kompyuter chiplarini ishlab chiqarishni qoʻllab-
quvvatlashi kerak. Bunday ishni AQSh
soliq kodeksi tadqiqot va
rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali
cheklangan miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat koʻp texnologik
yoyilishlar taklif qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan
352
chuqurroq e’tibor qaratadi. Texnologik
sanoatni rivojlantirishga
qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga aralashuvi ba’zida
sanoat siyosati
deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati toʻgʻrisida salbiy fikrda. Garchi
texnologik
yoyilish
umumiy
boʻlsa-da,
sanoat
siyosatining
muvaffaqiyati hukumat turli bozorlarda yoyilish hajmini oʻlchashga
qodir boʻlishini talab etadi. Bu oʻlchov muammosi eng qiyinidir.
Bundan tashqari, aniq oʻlchovlarsiz, siyosiy tizim eng katta ijobiy tashqi
ta’sirlardan koʻra katta siyosiy ta'sirga ega boʻlgan sanoatlarni subsidiya
qilishi mumkin.
Texnologik yoyilishlar bilan shugʻullanishning yana bir usuli patent
himoyasi hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun oʻzlarining
ixtirolaridan mutlaq foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini
himoya qiladi. Firma texnologik yangilik qiladigan boʻlsa, u gʻoyani
patentlab, oʻzi uchun koʻp iqtisodiy foyda olishi mumkin. Patent huquqi
firmaga ixtirosi ustidan
mulk huquqini berib tashqi ta’sir oʻzlashtiriladi.
Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida boʻlsa, ular
ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti toʻlaydi. Shunday
qilib, patent
tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va boshqa
faoliyat bilan shugʻullanishiga katta turtki beradi.