• Ijobiy tashqi ta’sirlar
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Alyuminiy miqdori 
    Alyuminiy 
    bahosi 
    Ijtimoiy xarajat (xususiy 
    xarajat va tashqi xarajat) 
    Ifloslanish va ijtimoiy maqbul 
    holat 
     
    Salbiy tashqi ta’sir, masalan 
    ifloslanish, bo’lganda, tovarlar 
    ijtmoiy xarajati xususiy 
    xarajatdan oshib ketadi. Shuning 
    uchun, optimal miqdor Q
    MAQBUL

    muvozanat miqdor Q
    BOZOR
    dan 
    past. 
    BOZOR 
    MAQBUL 
    Rasm 


    349 
    ifloslantirish xarajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ularni tashqi 
    xarajatlarini ham toʻlashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab 
    chiqaruvchilarga qoʻyilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy 
    iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu 
    siyosat Iqtisodiyotning oʻnta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar 
    ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi 
    ta’sirlarni qanday hal qilishini chuqurroq koʻrib chiqamiz. 
    Ijobiy tashqi ta’sirlar 
    Ba’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga ham xarajatlar joriy qilsa ham, 
    boshqalar bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat 
    hollarda, ta’lim foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi 
    boʻlib yetishadi va shuning bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. 
    Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari, ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil 
    qiladi. Ulardan biri shuki, yaxshi ta’lim olgan odamlar koʻproq biladigan 
    saylovchilar boʻlishadi, bu esa hamma uchun yaxshiroq hukumat 
    boʻlishini anglatadi. Yana bir tashqi ta’siri shuki, koʻproq ta’lim olgan 
    aholi past jinoyat darajasini anglatadi. Uchinchi tashqi ta’siri shuki, 
    koʻproq ta’lim olgan aholi texnologik rivojlanishni va tarqalishini 
    ta’minlaydi, bu esa hamma uchun samaradorlik va yuqori maoshga olib 
    keladi. Ushbu uchta ijobiy ta’shqi ta’sir sabab, odamlar koʻproq ta’lim 
    olgan qoʻshnilari bor boʻlishini xohlaydi. 
    Ijobiy ta’shqi ta’sirlar tahlili salbiy ta’shqi ta’sirlar tahliliga 
    oʻxshaydi. 3-rasmda koʻringanidek, talab chizigʻi jamiyat uchun tovar 
    qiymatini aks ettirmaydi. Ijtimoiy qiymat xususiy qiymatdan yuqori 
    boʻgani sababli, ijtimoiy qiymat chizigʻi talab chizigʻidan yuqori 
    boʻladi. Maqbul miqdor ijtimoiy qiymat va taklif chizigʻi (xarajat) 
    kesishgan nuqtada boʻladi. Shunday ekan, ijtimoiy maqbul qiymat 
    xususiy bozor aniqlagan miqdordan yuqori boʻladi.


    350 
    Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni 
    oʻzlashtirishiga undab bozor muvaffaqiyatsizligini toʻgʻriirlashi 
    mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar holatidagi toʻgʻri javob, xuddi salbiy 
    tashqi ta’sirlar holatining teskarisi boʻladi. Bozor muvozanatini ijtimoiy 
    maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun, ijobiy tashqi ta’sir subsidiya
    kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatni amaldagi 
    siyosatining oʻzginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari 
    asosida subsidiya bilan ta’minlanadi. 
    Xulosa qilish uchun: salbiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy 
    zaruriyatdan koʻproq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Ijobiy tashqi 
    ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan kamroq miqdorda ishlab 
    chiqarishga undaydi. Bu muammoni yechish uchun, hukumat salbiy 
    tashqi ta’sirli tovarlarga soliq solish va ijobiy tashqi ta’sirli tovarlarga 
    subsidiya berish orqali tashqi ta’sirlarning oʻzlashtirilishiga erishadi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish